Malakaviy loyiha ishining dolzarbligi


Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870)


Download 26.01 Kb.
bet4/5
Sana15.11.2023
Hajmi26.01 Kb.
#1776661
1   2   3   4   5
Bog'liq
Айнурга

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) o‘z hadislarida ma’naviy poklik, axloqiy kamollik haqida qilgan bayonlarida odamlarni haqiqiy musulmon, iymonli va diyonatli bo‘lishga da’vat etadi. Diyonat Alloh huzuriga yaqin qiladigan muqaddas e’tiqod, ma’naviyatning eng muhim omili hisoblanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhissalom iymon so‘zda ham amalda ham bo‘lmog‘i kerakligini aytadi. Zero, “Alloh taolo Qur’oni Karimda: “Iymonlarini yanada ziyoda qilsin, deb ularga hidoyatimizni ziyoda qildik” degan.
Imom al-Buxoriy hadisshunos ilmining bilimdoni bo‘lgan. U payg‘ambar Muhammad alayhissalom hadislarini to‘plash niyatida avval Makka va Madinada, so‘ngra boshqa musulmon mamlakatlarida safarda yurib hadischi olimlar bilan muloqotda bo‘ladi. U 42 yil davomida ulardan 600 ming hadis yozib oladi. Bu hadislardan ishonchlisi 7275 hadisni ajratib olib, to‘rt kitobdan iborat bo‘lgan “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonarli to‘plam”) nomida asar yaratadi. Bu asar hadisshunoslik sohasida yagona asar hisoblanadi. U nafaqat diniy, balki ilmiy-falsafiy ahamiyatga ega asar bo‘lib, unda iymon, e’tiqod, odob, axloq va boshqa ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ham ifodalangan.
Umuman, Imom al-Buxoriy o‘z hadislarida iymon, e’tiqod, insonparvarlik, vatanparvarlik, to‘g‘rilik, mehr-oqibatlik, mehr-shafqatlik, vafodorlik, sadoqatlilik, do‘stlik, qardoshlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni ulug‘ladi, odamlarni komil inson bo‘lishga da’vat etdi. Shunday insoniy fazilatlarga ega bo‘lish naqadar ulug‘ sharaf ekani o‘z timsolida namoyon etdi. Shu tufayli ham bu buyuk zot “Amir ul-mo‘miyn fil-hadiys” (“Hadis ilmida barcha mo‘min-musulmonlarning amiri”), “Ilm al-muhaddisiy” (“Barcha muhaddislarning imomi”), “Imom ad-dunya” (“Butun dunyo imomi”) degan sharafli unvonlarga sazovor bo‘ldi. xalqimiz faxri, iftixori bo‘ldi.

Jadidchilik harakati inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog‘liqligi jadidchilik namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqalar tomonidan e’lon qilingan bir qator maqolalarda atroflicha tahlil etilgan. Ma’rifatchilar shundan kelib chiqib, jamiyat taqdiri oilalar muhitiga bog‘liq bo‘lsa, oila ma’naviyatining o‘zi kimga yoki nimaga bog‘liq, degan xaqli savolni o‘rtaga qo‘ydilar. Ularning fikricha, agar oilada sog‘lom turmush tarzi ustuvor bo‘lib, farzand har jihatdan to‘g‘ri tarbiya topgan bo‘lsa, u shubhasiz o‘zidagi ijobiy fazilatlarni xizmat jarayoniga ko‘chiradi, ijtimoiy mehnat faoliyatida qo‘llaydi, natijada jamiyatdagi barcha munosabatlarga ta’sir o‘tkazadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Sag‘irlar haqinda", «Hifzi sihati oila» («Oila sog‘lig‘ining himoyasi»), Abdusalom Azimiyning «Ta’lim va tarbiya», Ibratning «Millatni kim isloh etar?», Fitratning «Buxoro hukumatining islohkorona qadamlari», Mirmuhsinning «Ahvoli zorimiz» kabi «Oyna» jurnalida chop etilgan maqolalari oila tarbiyasiga oid muhim muammolarni ko‘tarib chiqqanini ta’kidlash zarur. Jumladan, A.Azimiyning «Ta’lim va tarbiya» maqolasidan shunday satrlarni o‘qiymiz: «…bolaga ona birinchi omil va murabbiydir. Onani ta’siri bolaga otani ta’siridan ziyodadur. Chunki ona bolani bir necha oylar qani birla g‘izolandurur. Va ba’daz tavallud sanalarcha suti birla parvarish etar. Va muddatlarcha og‘ushi mushfiqonasiga tarbiya etar. Bu sababli bola ona tarbiyasida bo‘lg‘usi ovonlarda muhitiga muvofiq holda tabiatlanur, ki bul tabiat va odat agar noma’qul holda bo‘lunsa katta bo‘lganidan so‘ng islohi mushkuldir».

Download 26.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling