Malakaviy loyiha ishining dolzarbligi
Ikkinchi Renessans davri inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
Download 26.01 Kb.
|
Айнурга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy (1441-1501)
Ikkinchi Renessans davri inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Targ‘ay 1394-1449) ning ma’rifiy qarashlarida dunyoviy ilmlarni egallash, ma’rifat, ta’lim-tarbiya barkamol insonni shakillantirishda asosiy omil ekanligi haqidagi g‘oyalar muhim, markaziy o‘rinda turadi. U bunyod etgan madrasalarda dunyoviy fan mutaxassislari tayyorlashga ham alohida e’tibor berildi, falakiyot, riyozat kabi aniq fanlar o‘qitildi. Ulug‘bek ta’limda asosiy e’tiborni talabalarda mustaqil mutolaa, mustaqil ijodiy fikrlash, qobiliyat, ko‘nikmalarni shakllantirish va rivoj toptirishga qaratdi. Bu sohada Ulug‘bek qo‘llagan usul talabalar orasidan diniy va aniq fanlar bo‘yicha taniqli ilm ahllarining yetishib chiqishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Ulug‘bek Buxorodagi madrasa darvozasining yuqorisiga «Ilmga talab har musulmon erkak va ayol uchun farzdir», deb yozdirib qo‘ygan so‘zlari uning naqadar buyuk ilm axli tolibligi, ma’rifatparvarligi va insonparvar bo‘lganligiga dalolatdir. Ulug‘bekning ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya xususida bildirgan fikrlari hozirgi davrda qimmatli va ular pedagogik fikr rivojiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Alisher Navoiy (1441-1501) o‘z ijodiy va ijtimoiy faoliyatida yosh avlod ilm-hunarli va insoniy fazilatlarni egallagan barkamol bo‘lib yetishuviga alohida e’tibor berar ekan, xalq va Vatan osoyishtaligi, madaniyat va ma’rifat rivoji uchun kurashadi. Uning ijodiy merosi tarixiy-ma’rifiy jihatdangina emas, balki ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Asarlarining deyarli hammasi tarbiyaviy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, xalq manfaati va turmush haqiqatlarini kuylagan. Uning bunday asarlaridan biri – “Xamsa” o‘zbek she’riyatining gultoji bo‘lib, Navoiy ularni 1483 yilda boshlab, 1484-1485 yillarda yozib tugatgan. “Xamsa”ga kiritilgan dostonlar: “Hayratul abror” (1483), “Farhod va Shirin” (1484), “Layli va Majnun” (1484), “Sab’ai sayyor” (1484), “Saddi Iskandariy” (1485). Alisher Navoiy bu dostonlarida hayotning eng muhim tomonlari haqidagi tarbiya va insoniy fazilatlar to‘g‘risidagi g‘oyalarni olg‘a surdi. Navoiy qalamiga mansub bo‘lgan 2600 ta g‘azalda ham inson va uning kamoloti madh etiladi. Ularda odob va kamtarlik, qanoat, insof, vafo, ishq, rostgo‘ylik, do‘stlik va birodarlik, bir-biriga yordam berish va boshqa ajoyib insoniy fazilatlar haqida, ilm-fan va olimlar, mehnat ahli haqida keng va atroflicha aytiladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek A.Navoiyning barcha asarlarida insonparvarlik, el-yurt farovonligi g‘oyalarini ifodaladi, ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarni bayon etgan. Uning bu fikrlari barkamol avlodni yetishtirishga xizmat qiladi. Buyuk alloma izhor etgan benazir g‘oyalar milliy pedagogika tarixida alohida o‘rin tutadi. Download 26.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling