Malakaviy loyiha ishining dolzarbligi
Download 26.01 Kb.
|
Айнурга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusuf Xos Hojib (1021
Mahmud Qoshg‘ariy (XI asrda yashagan. Tug‘ilgan va vafot etgan yili noma’lum) o‘zining bebaho “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asarida XI asrdagi xalqlarning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, o‘ziga xos ruhiy-ma’naviy olamini bayon etadi.
Mahmud Qoshg‘ariy ilm va ilm ahlining inson ruhiy kamolotidagi o‘rnini yuqori baholaydi. Insonning ruhiy olami, ma’naviyati ilm-fan, ma’rifat va madaniyat bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Olim kamtarlik bilan ilmlarni puxta o‘rganish, egallashni maslahat beradi, kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi, ilm va hunar sohiblarini e’zozlaydi, ulardan ibrat olishga chaqiradi. U o‘z “Devon”ida axloq-odob haqida, bosiqlik, halimlik, ota-onaga, kattalarga hurmat bilan birga mehmon va mehmondorchilik haqida ham o‘z fikrlarini bildiradi. Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida ta’lim-tarbiya haqida qarashlari ham ifodalanganligi bilan hozirgi kunda u muhim ma’naviy qadriyat sifatida qimmatlidir. Unda bayon etilgan fikrlar bobolarimiz, shonli ajdodlarimiz davomchilari bo‘lgan hozirgi avlodlarimizning ma’naviyatini boyitishga xizmat qilishi shubhasiz. Yusuf Xos Hojib (1021-? Tug‘ilgan va vafot etgan yili noma’lum) “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asari bilan dunyoga tanilgan mutafakkirdir. U o‘z asarlarida o‘sha davr ma’naviyatiga xos bo‘lgan xususiyatlar - aqlga tayanish, bilimga chorlash, ijtimoiy adolat, axloqni ifodaladi. Asarda ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan axloq va odobga doir darslikdir. Yusuf Xos Hojibning qarashlarida xalq bilan birga bo‘lish, inson ulug‘ligi, adolatparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rinda turadi. U har bir kishining yuksak kamolot cho‘qqisiga – ezgulikka yetishini orzu qiladi. Uning fikricha, inson ulug‘ligi aql-idrok, so‘zlash qobiliyati, bilim, o‘quv hunarni egallashdadir. O‘quv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o‘qish, o‘rganish va mehnat qilish tufayli egallanadi. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Yusuf Xos Hojibning tarbiya haqidagi qarashlarining ahamiyati shundaki, uning xalq bilan birga bo‘lishi, adolat, ijtimoiy va oilaviy ta’lim-tarbiya tizimi, aqliy va axloqiy, mehnat va jismoniy tarbiya haqidagi g‘oyalari, tilni avaylash, ta’lim-tarbiya birligi, ota-onaning tarbiyadagi o‘rni, burchi haqidagi fikrlari hozirgi kunda e’zozlanadi. Buyuk allomaning Sharq ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy hamda badiiy tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Allomaning fikr-g‘oyalari faqat tarix nuqtai nazaridan emas, balki bugungi kundagi ta’lim-tarbiya rivojiga munosib hissa sifatida qo‘shilishi bilan ham qimmatlidir. Download 26.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling