Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Yuridik shaxslardan mol-mulk solig`ini undirishda mol-mulkning yillik


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
2-§. Yuridik shaxslardan mol-mulk solig`ini undirishda mol-mulkning yillik 
o`rtacha qoldiq qiymatini aniqlash tartibi 
Yuridik shaxslar uchun soliq solish obyekti bo`lib asosiy vositalarning (qonun 
hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yerning qiymati bundan mustasno) va 
nomoddiy aktivlarning o`rtacha yillik qoldiq qiymati, shu-ningdek belgilangan 
muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati hisoblanadi. Soliq solish 
obyekti bo`ladi, shuningdek, me'yordagi muddatlarida o`rnatilmagan 
uskunalarning qiymati hisoblanadi. 
Agar u quyidagi shartlardan biriga javob bersa, amortizatsiyalanadigan asosiy 
vositalarning ijarasi lizing hisoblanadi: 
a) ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan oshsa; 
b) ijarachi asosiy vositalarni qafiy narxda yoki ijara tugashi bo`yicha 
belgilanadigan naixda sotib olish huquqiga ega bo`ladi; 
d) ijaraga olinadigan asosiy vositalarning qoldiq qiymati ijaraning tugashida 
ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma %dan kamni tashkil etsa; 
e) toiovlarning joriy summasi butun ijara davri uchun ijaraga olinadigan 
vositalar qiymatining to`qson f %dan oshsa. 
Yuridik shaxslar mol-mulkining o`rtacha yillik qoldiq qiymati hisobot 
yilining 1-yanvaridagi va hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi mol-mulk 
qoldiq qiymatining yarmini qo`shishdan olingan summani hamda hisobot davri 
qolgan barcha oylari har bir dastlabki kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati summasi 
yig`indisi 12 ga bo`lishdan olingan son sifatida quyidagi formula bo`yicha 
aniqlanadi: 
 
hisobot davriga soliqni hisoblab chiqarish uchun mol-mulkning o`rtacha 
qoldiq qiymati hisobot davri oyining birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati 
yarmini, hisobot davridan keyingi birinchi oyning birinchi kuiiidagi mol-mulk 
qoldiq qiymati yarmini va hisobot davri qolgan barcha oylari birinchi kunidagi 
 
75


mol-mulk qoldiq qiymatini qo`shishdan olingan summani 12 ga bo`lishdan olingan 
summa sifatida aniqlanadi. 
Agar mol-mulk oyning birinchi yarmida amalga kiritilgan bo`lsa, mol-
mulkning o`rtacha yillik qoldiq qiymatini hisoblab chiqarishda kiritish oyi to`liq oy 
deb qabul qilinadi, agar mol-mulk oyning ikkinchi yaraiida amalga kiritilgan 
bo`lsa, o`rtacha yillik qoldiq qiymat amalga kiritish oyidan keyingi oyning birinchi 
kunidan boshlab hisoblanadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling