Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va soliq bo`yicha
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
3-§. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va soliq bo`yicha
imtiyozlar Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yordamchi xo`jaliklari bo`lgan korxonalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o`quv yurtlarining suvdan qishloq xo`jaligi ekinlari va dov- daraxtlarni suq'orishda foydalanadigan o`quv tajriba xo`jaliklari soliqni qishloq xo`jaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalari asosida to`laydilar. Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan ozod qilinadi: 1. Tijorat bilan shugullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno; 2. Yer osti ma'danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sog`liqni saqlash muassasalari, ular ma'danli suvdan savdo tartnog`ida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno. 3. Farmatsevtika faoliyati bilan shugullanuvchi va suvdan dori vo-sitalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar. 4. Atrof-muhitga zararli ta'sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida yer osti suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar - ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika extiyojlari uchun foydalanadigan suv hajmlari bundan mustasno. 5. Suv uchun byudjetga haq o`tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste'molchilar; 6. Foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer osti suvlarni chiqazib olgan yuridik shaxslar-ana shu yer osti suv-lari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno. 7. Gidroelekrostansiyalar-agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanga-nlik uchun. 8. Birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqqi to`langan suvdan ikkilamchi tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar. 9. Asosiy faoliyat turi bo`yicha qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi 70 yuridik shaxslar-sho`rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun bo`shatib olinayotgan mablag`lardan jamg`armalar va jamiyatning ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun foydalanish sharti bilan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling