Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Download 42.68 Kb.
|
Kurs ishi Ro\'ziboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 4 – kurs XSE-119 Isroilov Ro’ziboy
- Yormalarning kimyoviy tarkibi.
- O’zbekistonda don mustaqilligiga erishish borasida amalga oshirilgan ishlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INISTITUTI “SERVIS” FAKULTETI “SERVIS” KAFEDRASI “OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI VA EKSPERTIZASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “YORMALARNING TOVARSHUNOSLIK TAVSIFI VA SIFAT EKSPERTIZASI” 56101105 – “ Xizmatlar sohasi: Tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish ’’ Bajardi: 4 – kurs XSE-119 Isroilov Ro’ziboy Ilmiy rahbari: _______________ Topshirgan sanasi: _______________ Himoya qilgan sanasi: _______________ Baho: _______________ SAMARQAND----- 2023 MUNDARIJA Kirish. O’zbekistonda don mustaqilligiga erishish borasida amalga oshirilgan ishlar. Yormalar haqida umumiy ma’lumot. Yormalarning ishlab chiqarish usullari va texnalogiyasi . Yormalarning kimyoviy tarkibi. Yorma mahsulotlarining assartimentining tavsifi. Xulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar. Ilovalar. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlari bilan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar o‘rtasida 2020-yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir g‘alla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan davlat xaridlari doirasida 2 265 ming tonna bug‘doy (urug‘lik don uchun amaldagi ustama to‘lash tartibini saqlab qolgan holda) ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 10-mayga qadar jahon bozori va mintaqaviy birja narxlari hamda respublikada kutilayotgan hosilni inobatga olib, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yilda xarid qilinadigan g‘alla narxlarini belgilasin. Davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga, shu jumladan donni qayta ishlovchi korxonalar, g‘allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi; Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamg‘arma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi; Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda 2021 — 2023-yillarda urug‘lik yetkazib berish bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi. O’zbekistonda don mustaqilligiga erishish borasida amalga oshirilgan ishlar. Download 42.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling