Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 42.68 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi42.68 Kb.
#1230089
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi Ro\'ziboy

10.Ilova. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining qo‘llanilganligi mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, vazirlik va idoralar huzuridagi jamg‘armalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hisobidan moliyaviy ko‘mak berilishini istisno qilmaydi.
11.Ilova. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ:
a) bir oy muddatda meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, eksportdagi tarif va notarif baryerlarni kamaytirish yuzasidan “yo‘l xarita”sini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Unda quyidagilar nazarda tutilsin:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining turlari bo‘yicha noan’anaviy bozorlar, xususan, Xitoy, Koreya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportni ko‘paytirish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qo‘llashda imtiyoz va chegirmalar berish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish;
temir yo‘l, avtomobil va havo transportida yuklarni tashishda undiriladigan to‘lovlarni kamaytirish;
xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qamrovini kengaytirish, eksportbop mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish;
“sog‘lomlik” sertifikati bo‘lmagan urug‘ va ko‘chatlarni import qilish hamda ekishni to‘xtatish;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar sotish va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizim tashkil etish, ularning faoliyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
b) amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2020-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.

Download 42.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling