Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Aksiz solig`ining to`lash tartibi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
3-§. Aksiz solig`ining to`lash tartibi O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksizga tortiladigan tovarlar uchun ularning qo`shilgan qiymat solig`i hisobga olinmagan holdagi (aksiz solig`i summasini o`z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksizga tortiladigan tovarni natural haq yoki sovg`a sifatida bersa, soliq to`lovchi tovarni topshirish paytida tarkib topgan taqdirda hisoblab chiqariladi. Aksiz solig`i summasini quyidagi formula bo`yicha belgilanadi: (O x A) / 100 bunda: O - o`z ichiga QQS - siz, aksiz solig`ini o`z ichiga olgan shartnomaviy (erkin) narxi; A - aksiz solig`i stavkasi. Daval xomashyosidan ishlab chiqaradigan mahsulotlarga aksiz solig`ini hisoblashda, aksiz solig`i solinadigan mahsulotni sotish oboroti ushbu tovarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymati va berilgan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Daval xomashyosini balansdan tashqari mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona hisobga oladi. Agar Qonunda boshqa narsa ko`zda tutilmagan bo`lsa, aksiz solig`i aksizga tortiladigan tovar sotilgan oyning o`n kuni tugaganidan so`ng uchinchi kundan qoldirmay budjetga o`tkazilishi kerak. Soliq to`lovchi soliq ro`yxatidan o`tgan joydagi tegishli soliq inspeksiyasiga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20- 66 kundan qoldirmay aksiz solig`i bo`yicha hisob-kitobni taqdim etadi. To`lovchilar sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib va O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi hamda Davlat soliq qo`mitasining 1997-yil 19- noyabrdagi 36/97-96-son yo`riqnomasiga muvofiq hisoblab chiqqan aksiz solig`i summasi budjetga quyidagi muddatlarda to`lanadi: - joriy oyning 13-kunigacha - joriy oyning birinchi un kuni uchun; - joriy oyning 23-kunigacha - joriy oyning ikkinchi o`n kuni uchun; - keyingi oyning - 3 - kunigacha - hisobot oyning qolgan kunlari uchun. Tovaiga ilova qilinuvchi hujjatlarda ko`rsatilgan mahsulotni yuklab junatish kuni sotish sanasi hisobanadi. o`n kunlik to`lovlar bo`yicha kelib tushgan aksiz solig`i summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning shaxsiy hisob varaqlarida «Soliq hisoblab yozish» va «Soliq to'lash» kataklarida bir vaqtning o`zida aks ettirildi. Aksiz to`lanadigan tovar O`zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig`i to`langan xomashyodan ishlab chiqarilgan holda mazkur xomashyo bo`yicha to`langan aksiz solig`i summasini hisoblab yozish paytida hisobga olinishi kerak. Iste'mol idishiga quyish (qadoqlash) uchun aksizga tor-tiladigan tayyor mahsulot oladigan korxonalarga ham ana shunday tartib tadbiq etiladi. Masalan, keyin qadoqlash uchun paxta moyi oladigan korxonada budjetga to`lanadigan aksiz solig`i iste'mol idishiga qadoqlangan paxta moyi va transport idishida olingan paxta moyi bo`yicha hisoblab chi-tjniilgiin aksiz soliqlari summalari o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Hisobga olingan aksiz solig`i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun xomashyo (mahsulot) yetkazib beruvchilar tovarga ilova qilingan hujjatlarda yuklab jo`natilgan mahsulot (xomashyo) bo`yicha budjetga to`lanadigan aksiz solig`i summasini alohida satrda ajratib ko`rsatilishi kerak. Agar harid qilinayotgan aksizga tortiladigan xomashyo (mahsulot) bo`yicha aksiz solig`i summasi tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ajratib ko`rsatilmasa, u hisob-kitob yo`li bilan hisoblab chiqarilmaydi va tayyor mahsulot bo`yicha hisobga qabul qilinmaydi. Hisobga olingan aksiz solig`i summasi alohida tahliliy hisob varaqada hisobga olinadi va tegishli ulush bilan ishlab chiqarishga xomashyoni hisobdan chiqarish darajasiga qarab, 68-«Budjet bilan hisob-kitoblan> hisob varag`i debitiga hisobdan chiqariladi. Aksizga tortiladigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun huijatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. Aksizga tortiladigan import tovarlar uchun aksiz solig`i bojxonada rasmiylashtirilganiga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to`lanadi. Aksiz solig`i bo`yteha budjet bilan hisob-kitoblar hisobi 68-«Budjet bilan hisob-kitoblar» hisob varag`ining «Aksiz solig`i bo`yicha hisob-kitoblar» ilova hisob-varag`ida yuritiladi. Aksiz solig`ining budjetga to`lanadigan summasi 46-«Mahsulot sotilishi» hisob-varag`i debeti va 68-schyotning krediti bo`yicha aks ettiriladi. Aksiz solig`i summasini budjetga o`tkazish 68-schyotni debiti bo`yicha tegishli hisob varaqalar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. 67 Aksiz markalari olinganda 56-«Pul hujjatlari» schyotini debeti va 51-«Hisob- kitob» schyoti krediti bo`yfclia buxgalteriya yozuvi yoziladi. Markazlashgan mahsulot yuklab jo`natilishiga qarab quyidagicha buxgalteriya yozuvi yoziladi: 68- «Budjet bilan hisob-kitoblar» schyoti debeti va 56-schyot krediti. Aksiz solig`ini hisoblash tartibi quyidagi tartibda olib boriladi. Aksiz solig`ini hisoblashda biz quyidagi formuladan foydalanamiz. O=(Sxl00)100-A bunda: 0 - QQS-siz, aksiz solig`ini o`z ichiga olgan shartnomaviy (erkin) narx; S - korxonaning hisob-kitob narxi (normativ xarajatlar va foyda me'yori); A - aksiz solig`i stavkasi. Aksiz solig`i summasini quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: O A /100 Aksiz markalari nominal qiymatini hisobga olishni aniqlash tartibi quyidagi jadval misolida aniqlandi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling