foydalanganlik
uchun soliq, suv manbalarining joylashgan joyidan qafi nazar,
suvdan foydalanuvchilar tomonidan o`zlarining davlat
soliq xizmati organlarida
ro`yxatdan o`tgan joylarida to`lanadi. Aholi punktlarini suv bilan ta'minlash uchun
suvni yetkazib beruvchi korxonalar faqat o`z faoliyatida
foydalanadigan suv uchun
soliq to`lovchilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan
foydalanilgan suv resurslarining hajmi suv resurslaridan
foydalanganlik uchun
soliq solish obyekti hisoblanadi.
Yer usti suv manbalariga: daryolar, ko`llar,
suv omborlari, yer ustidagi
boshqa
suv havzalari va suv manbalari, kanallar va hovuzlar turlari kiradi.
Yer osti manbalariga: artezian quduqlari, vertical
va gorizontal drenaj
tarmog`i kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: