Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ini to`lovchilarga kimlar ki-radi? 
2. Mol-mulkning o`rtacha yillik (choraklik, 6 oylik, 9 oylik) qoldiq qiymati qanday 
tartibda hisoblanadi? 
3.Yuridik shaxslar mol-mulk solig`i stavkasini kim belgilaydi va bu soliqdan 
qanday imtiyozlar mavjud? 
4. Mol-mulk solig`ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to`lash muddatlari 
qanday? 
 
82


XII bob. JISMONIY SHAXSLARDAN OLEVADIGAN MOL-MULK 
SOLIG`I 
l-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyati 
 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq 
bo`ladi, u o`zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg`arish 
jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni 
ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan 
bog`liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam 
ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo`ladi, u O`zbekiston Respublikasi 
hududida bo`lgan va unda ro`yxatga olingan ko`chmas mulk va transport vositalari 
(2002-yil 1-yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq 
bekor qilingan) uchun to`lanadi. Mol-mulk solig`i mutanosib (proporsional) va 
shedulardir. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga 
solishning asosiy manbalariga O`zbekiston Respublikasi Soliq ko-deksi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-
sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo`lgan bino va inshootlarni 
baholash va qayta baholash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to'grisida»gi qarori 
(O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591-
sonli «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash 
to'g`risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O`zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to`lash tartibi to'g`risida» 
yo`riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993-yil 28-
dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli-nadigan soliqlar 
to'g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi. 
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs, 
O`zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo`lishidan qafiy nazar soliq solinadigan 
mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i to`lovchilari 
hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa 
tortiladigan obyektga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bogdorchilik va o`zumchilik 
shirkatlari a'zolarining chorbog` va bog` uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar, 
bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagi mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy 
shaxslar mol-mulk solig`i toiovchilardir. Bundan tashqari, 2002-yil 1-yanvargacha 
jismoniy shaxslarning mulki bo`lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, 
samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quwati soliq solish 
obyekti boiib hisoblangan. Lekin 2002-yil 1-yanvaridan O`zbekiston Respublikasi 
Va-zirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 
parametrlari to'g`risida»gi 490-son qaroriga muvofiq Jismoniy shaxslarning 
transport vositalariga benzin, dizel yonilg`isi va gaz ishlat-ganlik uchun iste'moli 
solig`i joriy etildi. 
Umuman olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti» 
 
83


tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga 
solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo`ladi, u soliqning 
subyektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk huquqiy 
munosabatlarda bo`ladi. Shunga e'tiborni qaratamizki, 1998-yil 13-yanvardagi 392-
sonli Yo`riqnoma (2-bandi)da O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan (89-
modda) farqli o`laroq, shunday belgilanadiki, soliq «o 'z ixtiyorida mol-mulkka ega 
bo 'Igan jismoniy shaxslar tomonidan to 'la-nadi». Mazkur yo`riqnomaning 5.3-
bandi shuni belgilaydiki, soliq bo`yicha imtiyozlar faqat tovar mulk imtiyoz 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling