Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to`laydigan yuridik shaxs
hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig`i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodim-ning daromadni olishigacha ushlab qolinadi, bu soliqni to`lashdan bo`ym tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob- kitob qilib chiqadi. Soliqning daromad manbayida to`lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo`yicha to`lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisob-lanib ushlab qolinmaydi, balki uni subyektlar jismoniy shaxs foydasiga to`lovni amalga oshiradigan to`lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) hisoblaydilar va ushlab qoladilar. Uchinchi usul soliq to`lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya'ni ularning oladigan daromadlari va o`zlariga tegishli bo`lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishini nazarda tutadi. Soliq ido-ralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to`-lanishi lozim bo`lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehkon (fermer) xo`jaligini yuri-tishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shu-g`ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san'at asarlarining mualliflari, kash-fiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi. O`zbekiston Respublikasida yer solig`i kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig`ini stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masi tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo`rqonlarida yer soligi stav-kalarini ishlab chiqishga ular xududini shahar ayrim tumanlari yerlari ham-da infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo`yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Ma'lumki, shahar hududining qimmati markazdan chekka joylarga qarab nafaqat hududning infratuzilma bilan ta'minlashdagi tafovutlar, balki boshqa omillar ta'siri tufayli ham kamayib boradi. Shu sababli, yer solig`i stavkalarini tabaqalashtirish uchun shahar va q'orq'onlar hududi zonalarga bo`linadi, bunda yerlarni kompleks baholashning qiymati umum tomoni-dan qabul qilingan, zonaning shahar hosil qiluvchilik rolini, transport bilan ta'minlangani, muhitning jozibadorligi, ekologik holati, yer tebranishlari-ning bo`lish-bo`lmasligi, shahar ayrim tumanlarining funksional vazifalarini hisobga oladigan, yer uchastkalarining iste'mol qiymatiga ta'sir ko`rsatadi-gan koeffitsintlarni qo`llagan holda belgilanadi, yordamchi qishloq xo`jali-gini yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga ega bo`lgan jismoniy shaxslarga stavkalar miqdori, ijtimoiy 91 omillarni e'tiborga olgan holda, yuridik shaxslar uchun mo`ljallanganidan taxminan o`n ba-ravar kam qilib belgilangan. Qishloq xo`jaligida yerdan ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida foydalaniladi, shuning uchun qishloq xo'jalik ahamiyatidagi yerlar uchun soliq stavkalari yer sifatidan, ya'ni tuproq xosildorligi va yer unumdor-ligidan kelib chiqib belgilangan. Yer solig`i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek yer qiy-matidan kelib chiqib belgilangan. Respublikada yerning bozor qiymati shakllanmagani sababli, 1 gektar sug`oriladigan yerdan olinadigan deh-qonchilik yalpi mahsulotining o`rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga oshirildi. Jahon amaliyotida yer solig`i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi, lekin o`rtacha yer qiymatining salkam 5 % tashkil etadi. Respublika sharoiti uchun qishloq xo`jaligida shakllan-gan iqtisodiy holatni hisobga olib va uni rivojlantirishni rag`batlantirish maqsadida soliq stavkalari 3 % miqdorida qabul qilingan. Soliq miqdorlarini yerlar sifati, tabiiy iqlim zonalari bo`yicha taba- qalashtirish maqsadida sug`oriladigan yeriar uchun soliq stavkalari ma'-muriy tumanlar bo`yicha, ularni tuproq ball-bonitetlari bo`yicha 10 da-rajaga bo`lgan holda belgilangan. Tuproq boniteti dehqonchilikning hozirgi darajasida qiyoslama tabiiy hosildorlikning shartli ko`rsatkichi hisoblanadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, sug`orishning qancha muddat davom etayotgani, ekin eqilishi, agro-iqlimiy resurslar bilan ta'minlangani, mexanik tarkibi, tuproqning xosil bulish genezisi, tuproq qoplamining suv o`tkaza olishi, sho`rlanganlik darajasi, eroziyaga uchraganligi, toshloqligi, zichligi hamda tuprokning boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo`yicha aniqlanadi. Lalmi yerlar va yaylovlar zonalar yoki vertikal mintaqalarga bo`lingan, bu yerda yog`inlar bilan turlicha ta'minlanganlik shakllanadiki, ularning unumdorligi shu holatlar bilan bog`liqdir. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalarining joylashgan joyi bo`yi-cha soliq miqdorlarini tabaqalashtirish maqsadida ma'muriy va sanoat markazlari atrofidagi stavkalarga 1,1 dan 1,3 ga qadar oshiruvchi koeffi-tsientlar belgilangan. Yer solig`i va yagona yer solig`ini 2007-yil uchun kadastr shaklidagi yangi stavkalari 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-de-kabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2007-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat budjetining parametrlari to'g`risida»gi PQ- 532-sonli qarorida bayon qilingan. Yer solig`ining soliq tizimida va budjet daromadlari tarkibida tutgan o`rni O`zbekiston bozor munosabatlariga o`ta boshlagach 1990-yilda «Yer to'g`risida»gi qonun qabul qilindi, unga binoan yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo`lishi belgilandi. O`zbekiston Pespublikasi Mustaqillikni qo`lga kiritgach 1993-yil 6-mayda O`zbekiston Pespublikasi Oliy Kengashi tomonidan «Yer solig`i to'g`risida»gi maxsus qonun qabul qilindi, unda soliq solishning obyektlari va subyektlari imtizlar soliq to`lash tartibi va hokazolar ancha batafsil belgilab berildi. Qonun 1994-yil 1-yan-vardan amalga kiritildi. 92 Qonunda Yerlardan noqishloq xo`jalik maqsad-larida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`ining un-dirish tartiblari belgilab berildi. Shu bilan biiga, qishloq xo`jaligini ustuvor rivojlantirish zarurligini e'tiborga olib qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug`ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun qonunni joriy etish 1995-yil 1-yanvargacha kechiktirildi. Shunday qilib yer so-lig`ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo`ldi. 1997-yil 24-aprelda O`zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi tomonidan Uzbekiston Pespublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi va 1998-yil 1-yan-vardan kuchga kiritilishi bilan yer solig`ining huquqiy asoslari yaratildi. Hozirgi bozor munosabatlariga o`tish sharoitida davlat qishloq xo`jaligi korxonalarini soliqqa tortar ekan, bundan fiskal manfaatdorlikni emas, balki soliqlar orqali qishloq xo`jaligini boshqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirishni, shuningdek, ularni ijtimoiy himoya qilishni ko`zlaydi. Buni qishloq xo`jaligini soliqqa tortishning o`ziga xos xususiyatlaridan ham ko`rishimiz mumkin. O`zbekiston Pespublikasi Prezidenti HAKarimovning 1998-yil 10- oktyabrdagi «Qishloq xo`jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig`ini joriy etish tugrisida»gi Farmoniga muvofiq 1999-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo`jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig`i joriy qilindi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqi bor yuridik shaxs yer solig`ini to`lovchi bo`lib hisoblanadi. Soliq qonunlariga asosan, yer solig`ini hisob-lash va budjetga o`tkazib berish majburiyati yuridik shaxsga yuklatiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling