Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`idan imtiyozlar
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
3-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`idan imtiyozlar
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkiga (imoratlar, binolar va insho-otlar) soliq solinmaydi: «O`zbekistan Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor bo`lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning; 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxs-lar. Leningrad shahri qamalida bo`lganiarning va konsentratsion lager-larning sobiq yosh tutqunlari, xizmatini Afg`oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo`lgan qo`shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o`tagan hart)iy xizmatchi-lar hamda o`quv va sinov yig`inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur-larning; Qahramon onalar, shuningdek, o`n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning; Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun 87 imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u yerga vaqtin-chalik xizmatga yuborilganlarning); Pensionerlarning, shuningdek, I va II guruh nogironlarining; muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolarining xizmatni o`tash davrida; harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo`lgan-lik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo`lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining). O'zbekistan Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyat-lar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan bo`lgan nogironlarning ichki ishlar organlarining xizmat vazifasini ado ctayotganda yarador, kontuziya bo`lgan yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo`lib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo`lgan shaxslarning mulklari soliqdan ozod etiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining (anloviga binoan, mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli bo`ladi. Ma-salan, ikkita uy bo`lsa, bittasiga beriladi. Mol-mulk solig`i to`lovchi jismoniy shaxslar - pensionerlar uchun Ibydalanayotgan 60 kv.metrga soliqdan imtiyoz beriladi. Undan ortig`i iunumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Yil mabaynida soliq to`lovchilarda mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyoz olish huquqi paydo bo`lgan, taqdirda ularga soliq toiashdan imtiyoz huquqi paydo bo`lgan oydan boshlab beriladi. Yil davomida mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyoz yo`qotilgan holatda mulklarni soliqqa tortishdan imtiyoz huquqi yuqotilgan oydan keyingi oydan boshlab soliqqa tortiladi. Imtiyozlar faqat mol-mulk imtiyoziga ega bo`lgan shaxsning mulki bo`lgandagina berilishi mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling