Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig`i to`lovchilar kimlar?  
2. Mulklarning qiymati qanday tartibda hisoblab chiqiladi va uning stavkalari 
qanday? 
3. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i stavkasini kim belgilaydi va bu soliqdan 
qanday imtiyozlar mavjud? 
4. Mol-mulk solig`ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to`lash muddatlari 
qanday? 
 
89


XIII bob. YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIG`I 
l-§. Yer solig`ini soliq tizimiga joriy etishning asosiy sabablari va uning 
iqtisodiy mohiyati 
 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar 
o`rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to`lovlarga asoslan-gan moliyaviy 
munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy muno-sabatlar maxsus ijtimoiy 
harakteiga ega bo`ladi, milliy daromadning bir qismi bo`lgan pul mablag`larini 
davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda soliq tushunchasiga quyi-dagicha 
ta'rif berish mumkin: «Soliqlar davlat va jamiyatning pul mablag`-lariga bo`lgan 
extiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo`yilgan holda va 
o`rnatilgan muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy 
ravishda undirib olinadigan to`lovlardir. 
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chi-qadi. 
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat 
qilayotganligini ko`rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq 
mohiyatini ko`rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo`ladi, ertaga yo`q bo'-ladi, 
ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo`la olmaydi. Demak, funksiya kategoriyasi 
doimiy, qafiy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy 
yondashishdan kelib chiqib soliqlar ftinksiyasini aniqlash kerak. 
Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin 
yagona bir fikrga kelingan emas. Ko`pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal
boshqaruvchi, rag`batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta'rif berishadi. 
Soliqlarning birinchisi funksiyasi yordamida davlat byudjetining da-romadi 
tashkil etilsa, ikkinchisini ham amalga oshira borib, davlat ishlab chiqarishga uning 
o`sishini rag`batlantirishi yoki vaqtinchalik sekinlash-tirishi, sarmoya jamg`arish 
jarayonini kuchaytirishi yoki qisqartirishi kabi tadbirlarni amalga oshirishi 
mumkin. 
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud: 
1. Kadastrli. 
2. Daromad manbaidan. 
3. Daromad egasi daromadni olganidan so`ng (deklaratsiya bo`yi-cha). 
Birinchi usul- bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan 
obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)ning bahosi va o`rtacha daromad-liligi 
to`g`risidagi ma'lumotlarga ega bo`lgan kadastr yoki reestrdan foyda-lanilishini 
taqwozo etadi. 
Oliy belgilariga ko`ra tasniflanadigan obyektning tavsifnomasi kadast-rning 
qurilishiga asos bo`ladi. Masalan, yer kadastrini tuzishda turli tu-manlardagi ayni 
bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foyda-lanilishi va boshqa 
belgilariga ko`ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar 
uchun o`rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon 
birligidan soliq stavkasi belgi-langan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi. 
Soliq to`lashning kadastrli usulining o`ziga xos xususiyati sifatida shuni 
ajratib ko`rsatish kerakki, soliqning to`lanish payti daromadning olinishi payti 
 
90


bilan aslo bogiiq bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin 
qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. 
Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha daromad-liligi 
uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farklanishi mumkin, shuning uchun bunday 
usul ko`p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo`lishi mumkinki, undan soliq apparati 
uncha rivojlanmagan holatda qo`Uaniladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling