Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

4-yo'/ia/isA; yangi korxonalarni qayd etish bilan bog`liq va shunga o`xshash 
imtiyozlar. 
Yer solig`idan imtiyozlar ikki xil bo`ladi: 
1. Yer uchastkalari soliqdan ozod etiladi. 
2. Yuridik shaxslar soliqdan ozod etiladi. 
Soliq kodeksining 101-moddasida asosan, soliq solinmaydigan yer 
uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 
1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umu-miy 
foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko`chalar, tor ko`chalar, yo`llar, sohil bo`ylari, 
ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar); 
2) jamoa bog`dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garaj-larining 
umumiy foydalanishdagi yerlari; 
3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo`riq-xonalari, 
milliy va dendrologiya bog`lari, botanika boglari, zakazniklar, ov 
qilishga mo`ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ixota 
daraxtzorlari egallagan yerlar
4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo`riq-xonalar, 
xotira bog`lari, sag`analar, arxeologiya yodgorliJdari, tarix va ma-daniyat 
yodgorliklari egallagan yerlar); 
5) suv fondi yerlari (daryolar, ko`llar, suv omborlari, kanallar, den-gizlar, 
muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo`jaligi insho-otlari egallagan 
yerlar, shuningdek, suv havzalari soxilidagi suv xo`jaligi ehtiyojlari uchun 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tar-tibda berilgan yerlar); 
6) elektr uzatish liniyalari, podstantsiyalar, umumdavlat aloqa liniya-lari va 
ularning inshootlari egallagan yerlar; 
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari, temir yo`llarning umumiy 
tarmog`i, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan, 
metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar; 
8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari
sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog`lom-lashtirish 
komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog`lomlash-tirish joylari, 
sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o`quv-mashq bazalari egallagan 
yerlar; 
9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, magistral kanali-zatsiya 
kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash insho-otlari, shuningdek, 
suv ta'minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyekt-lar egallagan yerlar; 
10) samolyotlarning uchish-qo`nish maydonlari, shu jumladan, ularni yerda 
boshqarish yo`lkalari va to`xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroport-larining 
radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar; 
11) ishlab chiqarish obyektlari kurilishi uchun ajratilgan (yoki obyektlari 
egallagan) va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
quriHsh ishlari to`xtatib qo`yilgan yerlar; 
12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari 
egallagan yerlar; 
13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo`jaligi ahamiyatiga molik va o`r-mon 
 
97


fondidagi yerlari, qishloq xo`jaligi va urmon xo`jaligi sohasidagi ilmiy-tadkikot 
tashkilotlari hamda o`quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o`qkuv-
tajriba xo`jaliklarining bevosita ilmiy va o`quv maqsadlari uchun foydalaniladigan 
yerlari; 
14) yangi o`zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari 
olib borilayotgan sug`oriladigan yerlar-loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin 
ishlar boshlanganidan e'tiboran ko`pi bilan besh yilga; 
15) zaxiradagi yerlar; 
16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va 
turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yer-lar: o`rmon 
bog`lari, bogiar, hiyobonlar, plyajlar va boshqalar); 
17) sog`lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va 
odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo`lgan 
yerlar); 
18) yakka tartibda uy-joy kurish va shaxsiy yordamchi xo`jalik yuritish uchun 
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar -yer uchastkalari 
berilgan paytdan e'tiboran ikki yil muddatga. 
Yerlardan o`z o`rnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan 
imtiyozlar qo`llanilmaydi. 
Soliq kodeksining 102-moddasiga asosan quyidagi yuridik shaxslar yer 
solig`idan ozod qilinadilar: 
1) tijorat bilan shug`ullanmaydigan yuridik shaxslar (budjetdan mo-liyaviy 
ta'minlanadigan boshqaruv organlari va ilmiy-tadqot muassasalari bundan 
mustasno), yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yo`lida 
foydalanayotganlaridan tashqari; 
2) madaniyat, maorif, sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot muas-sasalari, 
bo`ysunuvidan qat'i nazar, o`z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish 
uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun; 
3) dehkon (fermer) xo`jaliklari - davlat ro`yxatidan o`tkazilgan payt-dan 
e'tiboran ikki yil muddatga; 
4) chet el iivestitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan 
shug`ullanuvchi yuridik shaxslar - ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil 
mobaynida; 
5) nogironlar ijtimoiy birlashmalari, «Nuroniy» jamgarmasi, O`zbe-kiston 
chernobilchilar uyushmasi tasarrufida bo'lgan,ishlovchilari umumiy sonining 
kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik 
ta'minot-sotish va tayyorlov faoiiyati bilan shug`ulla-nuvchi yuridik shaxslar 
bundan mustasno; 
6) «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg`armasi, O`zbekiston 
Respublikasi Qizil Yarim Oy jamiyati, «Nuroniy» jamg`armasi korxonalari, 
bo`shatib olinayotgan mablag`lardan o`zlarining ustavda belgilangan vazi-falarini 
bajarish uchun foydalanish sharti bilan; 
7) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan 
turistik faoliyat bilan shug`ullachuvchi yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan 
e'tiboran birinchi foyda olguniga qadar, biroq bu muddat ular ro`yxatdan 
 
98


o`tkazilgan paytdan e'tiboran uch yildan oshmasligi lozim. 
Soliq kodeksi 102-moddasining birinchi qismi 3 va 4-bandlarida ko`rsatilgan 
yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o`tguniga qadar 
tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to`liq 
miqdorda undiriladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling