Yo‘ldosheva Shahnozaning “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”


Download 51.1 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi51.1 Kb.
#1593671
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil

Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan. Bunga misol qilib, AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi 10 ta qo‘shimcha - Inson huquqlari to‘g‘risidagi Billni ko‘rsatish mumkin.
Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e tibor quyidagi muammolami huquqiy tartibga solishga qaratilgan:
4. shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi;
5. shaxs daxlsizligi;
6. xususiy mulk huquqi;
7. saylov huquqi (turli senzlar bilan cheklangan bo‘lsa-da).


Ikkinchi bosqich XX asming birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda sotsialistik g‘oyalar va harakatlar ta'sirida insonlaming ijtimoiy- iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik tez rivojlangan.
Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan.
Fransiya va Shvetsiyadagi sotsial qonunchilik, 1920-yilgi Veymar Konstitutsiyasi, Fransiya va Italiyaning 1946-yilgi Konstitutsiyalari bunga yaqqol misol boiadi.
Uchinchi bosqich XX asming ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda Inson huquqlarining “yangi avlodi” to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanadi. Bu huquqlar qatoriga:
8. tinch yashash huquqi;
9. sof va toza atrof-muhitga ega boiish huquqi;
10. axborot olish huquqi kabilar kiradi.
Bu bosqichda Inson huquqlari to‘g‘risida hozirgi kunda amal qilayotgan xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, asosan, davlat miqyosida hal etilgan. Totalitar tuzumlaming emirilishi oqibatida jahon jamoatchiligining e’tiborini inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi o‘ziga qaratdi. Bular BMTning Ustavida (1945 yil), “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da (1948 yil), 1966 yildagi “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktlarda o‘z ifodasini topgan. Bu xalqaro hujjatlarda insonning global manfaatlarini himoya qilish masalalari huquqiy jihatdan keng yoritilgan. Inson huquqlarining xalqaro himoyasini hozirda BMT va uning tegishli maxsus tashkilotlar amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining mazmuni 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, 1966 yilda qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Pakt va boshqa ko'plab inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro standartlar mazmuniga mos keladi.


Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mavjud me'yorlami bajarish barcha davlat idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolaming majburiyati hisoblanadi. Unda jamiyat keng qatlamlarining inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi bilimlarga ega boiishi, dunyo amaliyoti bilan tanishishi hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: “Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar asosida mamlakatimizda to‘laqonli, samarali amal qiladigan qonunchilik va huquqiy baza yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, Asosiy Qonunimiz huquqiy davlat qurish yo‘liga o‘tishimizning poydevorini qurib berdi”.
Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limi muhim institut - inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu boiimdagi V bob “Umumiy qoidalar”, VI bob “Fuqarolik”, VII bob “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, VIII bob “Siyosiy huquqlar”, IX bob “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”, X bob “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari”, XI bob “Fuqarolaming burchlari” deb nomlanadi hamda o‘zida tegishli qoidalami ifodalaydi.
Konstitutsiyamizning V bobi ushbu bolimga oid umumiy qoidalami mustahkamlagan bo‘lib, unda demokratik rivojlanish yo‘lini tanlab olgan davlatimizning inson huquqlari masalasiga doir siyosatining asosiy qoidalari mustahkamlangan. Ushbu boiimning mazmuni va mohiyati Konstitutsiyamizning 13moddasida mustahkamlangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, degan yuksak insonparvarlik prinsipiga asoslanadi.
Ma'lum bir davlat hududida yashab turgan inson uchun, qaysi davlatga mansubligi muhim ahamiyatga ega. Har bir insonning huquqiy maqomi uning qaerda yashayotganligi, qaysi davlat fuqarosi ekanligi kabi holatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi
boiimi “Inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, unda “inson” va “fuqaro” maqomi alohida ta'riflanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining huquq va erkinliklarga bag‘ishlangan normalari, agarda inson huquqlarini mustahkamlayotgan bo‘lsa, odatda “har kim”, “hech kim”, “har bir shaxs” kabi iboralardan foydalanilgan. Agar O‘zbekiston fuqarosi huquqlari va majburiyatlari mustahkamlanayotgan boisa, “O‘zbekiston fuqarolari” degan atamadan foydalanilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi insoniyatning uzoq davom etgan erkinlik va tenglik uchun kurashi jarayonida shakllangan umuminsoniy siyosiy- huquqiy qadriyatlarga bo‘lgan e'tiqodi va sodiqligini namoyish etib, inson va fuqaro huquq va erkinliklarini tizimli ravishda mustahkamlaydi.
Shaxsiy huquq va erkinliklaming aksariyati insoniyat paydo bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. Shaxsiy huquq va erkinliklar deganda shaxslaming faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib hisoblangan huquq va erkinliklar tushuniladi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘lim, yettinchi bobida inson va fuqarolaming shaxsiy huquq va erkinliklari huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar alohida tizimni tashkil etadi. Ushbu tizimga quyidagi huquq va erkinliklar kiradi:
Yashash huquqi (24-modda);
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda);
Aybsizlik prezumpsiyasi (26-modda);
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda);
Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda);
Shaxslami bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi (28-modda);
Fikr, so‘z va e'tiqod erkinligi (29-modda);
Fuqarolami huquq va manfaatlariga daxldor boigan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda);
Vijdon erkinligi (31 -modda).
Bir qator xalqaro hujjatlarda, jumladan, 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida esa “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi” deyilgan4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham inson va fuqarolaming yashash huquqlariga oid ushbu xalqaro andozalar o‘zining toia aksini topgan.
Shaxsning yashash huquqi - bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga keladigan, faqat o‘zining biologik mavjudligini ta'minlovchi hamda davlat tomonidan muhofaza etiladigan huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqining mustahakamlanishi davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli mexanizmini yaratishni talab qiladi. Bu boradagi tadbirlar nafaqat jinoyatchilikni oldini olish yoki jinoyatga qarshi kurashish natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki ijtimoiy sohada ham inson hayotining ta'minlanishini o‘z ichiga oladi.
Insonning tabiiy huquqi, yashash huquqini himoya qilish davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘z ichiga oladi5. Konstitutsiyada mustahkamlanib, kafolatlangan inson va fuqarolaming yashash huquqi joriy qonunlarda rivojlantiriladi va amaliyotda davlat organlarining tashkiliy faoliyati orqali ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi siyosiy huquqlarga bag‘ishlangan. Fuqarolaming huquqlari va erkinliklari tizimida uning siyosiy huquqlari alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolaming davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bogiiqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar siyosiy manfaatlarga tegishli bo‘lgan hamda shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yoii bilan amalga oshiriladi deyiladi. Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri boiib xizmat qiladi.
Fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
Fuqarolaming saylov huquqlarini o‘z navbatida aktiv va passiv saylov huquqlariga boiish mumkin.

Download 51.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling