Yo‘ldosheva


Grammatik tushunchalari o‘zlashtirish


Download 1.16 Mb.
bet56/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Grammatik tushunchalari o‘zlashtirish


Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodi- salarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakl- lantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim bel- gilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratili;an grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialntng o‘zi yetarli darajada mavlııım- dir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tu- shunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivoj- langan bo‘1ishi lozim. Mavhum tafakkur ta'lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig‘indisini shakl- lantirishga qaratilgan bo‘1ishi zarur. Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushıınchani shakllantirish ja- rayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniq- lashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhuınlashtirish faoliyatining qay darajada o‘sgan1igiga bog‘liq.
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o‘quvchi1ar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko‘ra bir gıınıhga
birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo‘l qo‘yadi1ar. Masalan, fe’1 o‘rganilganda o‘quvchilar fe'l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Ytırmoq, o ’qiınoq, olmoq kabi fe'llarda leksik ma’no grammatik ma noga mos keladi. Ko‘p fe'llarda bunday moslik bo‘lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o‘zgarishi kabi- lar ham tushuniladi: tı. l‹ıınoq, o ’ylnmoq, sevınoq, o ’smoq, ko ’karınoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtiril- gan holda tushunish endigina tilni o‘rgana boshlagan o‘qııvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko‘proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchıın fe'lni o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida yotmoq, kasnlhınınoq, turınoq, qizarmoq kabi so‘zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otur o‘rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o‘quvchilar tinch- lik, qahramonlik, qadam kabi so‘zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o‘quvclıilarda mavhumlashtirish ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma'nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umu- miy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir gunıhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim ? yoki nima ‘? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan barcha so‘zlar „ot“ ttırktımiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko‘plikda kelish), egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish, kelishiklar bilan ttırlanish bn so‘zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta'lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling