Yo‘llarni qidiruv va loyihalash
Download 59.21 Kb.
|
Malakaviy amaliyot-fayllar.org
ARXEOLOGIYASI
Olmosning Tarixi milodiy 4-5 asrlarga borib taqaladi. O'sha kezlarda Olmosda 800 atrofidagi qabila yashagan,asosiy mashg'ulotlari dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan,aholi o'sha kezlarda Tog' atrofida, soy va buloqlar atrofida yashagan. TRANSPORTI Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941 yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi. (ma’lumot 2005 yildagiga to’gri). Nosoz holatga kelib qolganligi uchun bundan olti oy avval harakat to‘xtatilgan Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi, deya xabar qildi «Halq so‘zi» Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotlariga asoslanib Farg‘ona halqa yo‘lidan o‘tgan mazkur ko‘prik 1962 yilda qurilgan va oxirgi vaqtlarda unda ko‘pgina yoriqlar yuzaga kelib, foydalanish uchun xavfli bo‘lib qolgan edi. Andijon va Namangan viloyatlarini avtomobil yo‘li orqali o‘zaro bog‘laydigan ushbu ko‘prikda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan 8,3 milliard so‘mlik rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qayta ta’mirlash ishlaridan so‘ng mazkur ko‘prikning eni 1,5 metrga kengaytirilib, ikki chetida piyodalar uchun yo‘laklar ham barpo etildi. Bu orqali ko‘prikning qatnov quvvati oshdi. Undagi ikki tasmali avtomobil yo‘lida bir kunda 20 mingdan ortiq transport o‘tkazish imkoniyati mavjud. Piyodalar uchun ham qulayliklar yaratildi. Kechki payt ko‘prikda bemalol harakatlanishlarini ta’minlash uchun 13 ta elektrodiodli yoritgichlar o‘rnatildi. 1 noyabr kuni qayta rekonstruksiya qilingan ko‘prikni foydalanishga topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzoqov ham ishtirok etdi. Download 59.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling