Yo’lovchi tashishda servis xizmatlari


Download 52.1 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi52.1 Kb.
#1230599
1   2   3
Bog'liq
16-маъруза

Kalit so’zlar: yo’lovchi, ijtimoiy-madaniy servis, texnik va texnologik servis, servis markazlari, yo’lovchi tashish kompaniyalari, vokzal, servis elastikligi, servisning qulayligi, texnik moslik, asosiy va qo’shimcha xizmatlar,yo’lovchi poezdlarni tuzish.


Nazorat savollari

  1. Yo’lovchi tashishda servisni rivojlantirishdan maqsad nima?

  2. Yo’lovchi tashishda ijtimoiy-madaniy servis nima?

  3. Servis markazlari va yo’lovchi tashish kompaniyalari qanday talablarga rioya qilishlari kerak?

  4. Yo’lovchi tashishda transport servisining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  5. Yo’lovchi tashishda servisning qanday turlari bor?



16.2. Vokzallarda yo’lovchilarga servis xizmatlari ko’rsatish

Yirik temir yo’l uzellarining vokzal majmualari har kuni o’n minglab yo’lovchilarga xizmat ko’rsatadi. Bu sharoitda vokzalning funktsional xizmatlari yo’lovchilarga individual va ommaviy xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanishadi. Vokzal xizmatlarining noanhanaviy turlarini bajarish va har bir mijozga individual yondashuvni talab etadigan yo’lovchilarning servisga bo’lgan talabining oshishi ancha vaqt, mehnat, texnik va moliyaviy resurslar xarajatini talab etadi. SHu bilan birga bu xizmatlar vokzallarning funktsional va texnologik imkoniyatlariga mos kelmaydi va realizatsiya qilinmasdan qoladi hamda o’z navbatida yo’lovchilar tomonidan noroziliklar va shikoyatlarni keltirib chiqaradi.


Servis markazlarini yaratish vokzal xizmatlarining ushbu muammolaridan kelib chiqqan. Anhanaviy xizmat ko’rsatishda xizmat ko’rsatish to’g’ri yo’lga qo’yilgan vokzal tizimining servis markazlari bilan raqobatlashishi bir qancha sabablarga ko’ra juda qiyin. SHuning uchun servis markazlar o’zlarining moddiy bazasini mustaxkamlashda vokzallar bo’linmalari tomonidan ko’rsatilmaydigan yangi xizmatlarni yaratish va sotishga asta-sekin o’tadi. Ancha oldin qurilgan vokzal majmualari o’zida raqobatlashuvchi bo’linmalarni yaratish va joylashtirishni oldindan o’ylab ko’rmadi, shuning uchun servis markazlarni vokzallarda joylashtirish yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun doimo ham muvaffaqiyatli emas. Hozirgi kunda vokzal majmuasi va uning har bir bo’linmasiga xizmat ko’rsatuvchi ikki tizimi sifatida qarash zarur: birinchisi – ommaviy yo’lovchi oqimi uchun qathiy belgilangan standart operatsiyalarni ko’paytirish; ikkinchisi – kam xajmli yo’lovchi oqimi uchun individual operatsiyalarni ko’paytirish. Bunday yondashuv servis markazining raqobat elementini saqlab qolgan holda vokzal kompleksi ishiga qo’shilishini osonlashtiradi va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi.
O’z funktsiyalarini amalga oshirishda servis markazi vokzal majmuasida:

  • Yo’lovchilarga majmuaviy xizmat ko’rsatish uchun birlashtirilgan bitta(ikkita) zal;

  • Mijozlarga biletlarni yetkazib berish, sotish va bronlash; bagajni yetkazib berish, saqlash va rasmiylashtirishni tashkil qilish;

  • Joylashtirish xizmatlarini ko’rsatish;

  • Avtotransport xizmatini ko’rsatish, transfer tahminlash;

  • Ekskursiya-turistik xizmatlari bo’yicha mahlumot-axborot xizmati;

  • Mobilg’ qo’l telefonlari, pochta-telegraf xizmatlari, valyuta ayirboshlash, kompg’yuter, poligrafiya va foto xizmatlar bilan tahminlash;

  • Bar(bufet)i bo’lgan, videotizim bilan tahminlangan yuqori komfortga ega dam olish zali;

  • Korporativ mijozlar uchun xizmat ko’rsatuvchi zal;

  • Servis markazi xodimlarining ruhiy charchog’ini chiqarish uchun ayrim xonasi mavjud bo’lgan mahmuriy-boshqaruv personali uchun bino;

  • Qo’l yuki va bagajni saqlash uchun bino;

  • Sanitar-gigienik majmua;

  • Avtotransportlar uchun turar joylarga ega bo’lishi lozim.

Yo’lovchilarga servis xizmatlarini tashkil qilishdagi asosiy muammolardan biri chipta sotishni tashkil qilish hisoblanadi. Turistik sohada servis markazi ichki va xalqaro turlarni shakllantiradi, temir yo’l transporti bilan birgalikda turistik dasturlarni ishlab chiqadi va vizalarni, chet el pasportlarini rasmiylashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi.



Download 52.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling