Yoʻlovchilarni transportga qayta oʻtirishida ular harakatini modellashtirish
Download 15.9 Kb.
|
Rahbar xulosasi- Kuuatbayev
Toshkent davlat transport universiteti “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti 19-19 TL guruh talabasi Ma’murjonov Mirshoxidning “Yoʻlovchilarni transportga qayta oʻtirishida ular harakatini modellashtirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga rahbar XULOSASI Davlatlar iqtisodiyotinig o’sishi bilan transport xizmatlariga ham bo’lgan talab ortib bormoqda. Bugungi kunda transport xizmatllariga bo’lgan talabni bajarish uchun transport tizimini takomillashtirish asosiy vaziyfalardan biridir, chunki transport sohasi iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy bo’g’inlardan biri hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 2 ta bob, boblar bo’yicha xulosa, umumiy xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar, 66 varaq tushuntirish matni, 7 ta jadval, 12 ta rasm va 4 ta chizma-grafik ishidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida Shahar jamoat transportida yo‘lovchilar harakatini modellashtirishning nazariy uslubiy asoslari, Shahar jamoat transportida yo‘lovchilarni transportga qayta o‘tirishida ular harakatini modellashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili, Yo‘lovchilarni transportga qayta o‘tirish joylarida ular harakatini tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasi o’rganib chiqilgan. Yo‘lovchilarni transportga qayta o‘tirishida ular harakatini modеllashtirish deb nomlangan ikkinchi bobda transport yo‘lovchilarni transportga qayta o‘tirishida ular harakatini tadqiq etilib, yo‘lovchilarni transportga qayta o‘tirishida ular harakatini modellashtirish va algoritmini ishlab chiqish ishlari olib borildi. M.N. Ma’murjonov tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi qo’yilgan talablarga javob beradi. Bajarilgan ishni a’lo (4 baho) baholab va yakunlangan deb, muallifni “Transport logistikasi” yo‘nalishi bo‘yicha “bakalavr” darajasiga loyiq hisoblab, himoyaga ruxsat berish mumkin. Rahbar T.Sh. Mo’minov Download 15.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling