quvvatlanmoqda. Brendlashdagi Flat dizayn ko'pincha
logotiplarda va dastur
piktogrammalarida namoyish etiladi.
Flat dizayni haqida aytib o'tilgan barcha dalillar va afzalliklar, albatta, ushbu
uslub boshqa dizayn yondashuvlarini engib chiqishini anglatmaydi. Har qanday
uslub va dizayn yo'nalishi o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Biroq, Flat
dizayn
yangi istiqbollarni ochdi, ayniqsa go'zallik va funktsionallikning uyg'un
muvozanatini ta'minlaydigan maxsus echimlar sohasida.
2. Ishni bajarish tartibi
Adobe Photoshop-da FLAT dizayn uslubidagi kosmik ikonkalar
Avvalo, biz foydalanadigan ranglar xaqida qaror qabul qilib olaylik.
Raketa belgisi (ikonka).
1-qadam. Ishchi sohada
512x512 pikselli ellipsni chizish
. Rang
- # 304c5a.
2-qadam. Raketa chizamiz. Buning uchun chizilgan ellipsning o'rtasiga yana
bir oq ellips joylashtiramiz.
"
Перо" uskunalar panelidan "
Угол" ni tanlaymiz,
oq ellipsni bosamiz,
ko'rsatmalar paydo bo'ladi. Ellipsning yuqori qismida burchak hosil qilish uchun
yuqori nuqtada "
Угол" vositasi bosiladi. Va agar yuqoridan yumaloq bo'lishni
istasak, qo'llanmalarni biroz tortish mumkin.