Yo’nalishga kirishdan Mustaqil ish


Download 4 Mb.
bet2/3
Sana10.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1697279
1   2   3
Bog'liq
Jo\'raboyev Azizbek

Modulyasiya (lotincha: modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni
ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. M. tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi. Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Masalan, kineskoplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruhlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruhlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega.
Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi.
M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi
belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.).
Koʻpincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy- impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi;
2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq
ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi
Aloqani tashkil etishning asosiy usullari: radiotizim va radio yoʻnalishi Radiotizim-bitta umumiy radio uzatishda ishlaydigan uch yoki undan ortiq xabarlar oʻrtasida radioaloqani tashkil qilish usuli.Radiotizim: barcha xabarlar oʻrtasidagi aloqani va minimal kuch va uskunalarni sarflagan holda xabarlarni yoʻnaltirilgan uzatishni taʼminlaydi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling