33
tekshirishlar degan ilmiy asarida yozadi. Yurak to`rt xonali
mushakdan iborat bo`lib, unda ma'lum tartibda qopqoqlar (to`siqlar)
joylashganligi uchun Garvey uni nasosga o`xshatadi va qisqarish
kuchi bilan qonni tomirlarga uzatib berishini tushuntiradi. U
arteriyadan qon venaga o`tib yurakka qaytishini aytib, arteriya venaga
ko`zga ko`rinmaydigan mayda qon tomirchalar orqali qo`shilishini
taxmin qiladi. Garvey katta qon aylanish doirasini kashf etishda
o`zidan avvalgi olimlarning kichik qon aylanish doirasi kashfiyotidan
foydalangan. Kichik qon aylanish doirasi arab shifokori damashqlik
Ibn al Nafiz (1210-1288) tomonidan kashf etilgan. Kichik qon
aylanish doirasi Vezaliyning shogirdi Reald Kolombo (1516-1559) va
ispaniyalik
shifokor
Miguel
Servet
(1509-1553)
tomonidan
tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: