N.I.Pirogov (1810-1881) — rus olimi, topografik anatomiya va
harbiy dala xirurgiyasininig asoschisi. Odam a'zolarining joylashish
tartiblari va o`zaro munosabatlarini (topografiyasini) tabiiy holatlarda
o`rganish uchun murdani muzlatib so`ng ko`ndalangiga ketma-ket
kesib, arralab ko`rish usulini taklif etdi. N.I.Pirogov o`zining ko`p
yillik ilmiy tekshirish ishlarini yakunlab „Muzlatilgan murdalarni
arralab kesilgandagi topografik anatomiya" atlasini (1859), „Qon
tomirlar va fassiyalarning xirurgik anatomiya"sini (1837) va „ Amaliy
anatomiyani to’la kursi" (1844) ni yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |