25
Abu Ali ibn Sino mushaklar anatomiyasi haqida.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasi mushaklar bo`limi haqida
(30 fasldan iborat) ma'lumot berar ekan, mushaklarning vazifalari,
boshlanish va birikish sohalari, ularning tuzilishini aniq ko`rsatib, bu
borada keng ma'lumot bergan. Platon va Aristotel mushaklar xuddi
yog` kabi tanani issiq va sovuqdan saqlaydi deb hisoblashgan. Abu
Ali ibn Sino mushaklardagi har bir qismlarni ajrata olgan va fassiya,
pay, mushaklardagi qisqarish, nerv va tomirlar bilan bog`liqligini
jahonda birinchi bo`lib aniqlagan. Ibn Sinoning qarashlari hozirgi
zamon mushaklar tuzilishi va ularning tasnifiga to`liq mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: