Marchello Malpigi (1628-1694) mikroskopik anatomiyaning
asoschisidir. U bir qancha a'zolarning tuzilishini mikroskop yordamida
tckshirgan va terining tuzilishida (Malpigi qavati), taloqda va
buyrakda Malpigi tanachalarini topgan. Malpigi birinchi bo`lib
qurbaqaning siydik xaltasidagi kapillarlarni va ulardagi qon oqish
tizimini ko`rgan.
Gasparo Azelio (1581-1626) italiyalik anatom, professor. U
1622- yilda itning qornini yorib nafas olishda diafragmaning
ishtirokini o`quvchilarga ko`rsatayotgan vaqtida yonbosh tomonda
joylashgan oq ipga o`xshash narsani ko`radi va uni nerv tolasi deb
o`ylaydi. Lekin „ipni" kesganda undan sutga o`xshash suyuqlik
chiqadi. Ma'lum bo`lishicha shu anatomik ko`rsatishdan bir oz
ilgariroq itni ovqatlantirilgan, ovqat tarkibidagi yog`lar esa limfa
tomirlariga so`rilib o`tgan. Shuning uchun olim bu tomirlarni sutli
tomirchalar nomi bilan atagan va limfatik tizimni kashf etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |