Yo‘nalishini vaqt bo‘yicha o‘zgartiruvchi parabolik tipdagi tenglamalar sistemasi uchun nokorrekt boshlang‘ich-chegaraviy masala


Download 14.45 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1620163
Bog'liq
taqriz1


Urganch Davlat Univеrsitеti Fizika va Matеmatika fakultеti 2-bosqich magistranti Sapayeva Shohsanam Ergash qizining “Yo‘nalishini vaqt bo‘yicha o‘zgartiruvchi parabolik tipdagi tenglamalar sistemasi uchun nokorrekt boshlang‘ich-chegaraviy masala” mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Qaralayotgan ish matematik fizikaning nokorrekt masalalar sohasiga tegishli. Ma’lumki ushbu soha o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab tez rivojlana boshladi. Bu soha rivojlanishning asosiy sabablari amaliyot masalalarining ko‘pgina matematik modellari matematik fizikaning nokorrekt qo‘yilgan masalalariga mos keladi. Matematik fizikaning bu sohasining rivojlanishiga mashhur matematiklar A. N. Tixonov, M. M. Lavrentev, V. K. Ivanovlar asos solishgan. Bu soha oxirgi paytlarda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Dissertatsiyaning mavzusi bo‘yicha M. M. Lavrentev, F. Jon, X. A. Levine, S. G.Kreyn, S. G. Pyatkov, K. S. Fayazov va boshqalar tadqiqot olib borishgan.
Ushbu dissertatsiya ishida oʻrganilgan masala matematik fizikaning teskari va nokorrekt masalalar sinfiga tegishli. Bunday turdagi tenglamalarga qoʻyilgan korrekt chegaraviy masalalar koʻp matematiklar tomonidan tadqiq qilingan. Yoʻnalishini vaqt bo‘yicha o‘zgartiruvchi parabolik tenglama uchun chegaraviy masalani M.Jevrey qaragan. Bunday masalalarni turli chegaraviy va boshlangʻich shartlar bilan C.D.Pagani, G.Talenti, V.V.Vragov, V.K.Romanko, S.А.Tersenov, А.M.Naxushev va boshqalar tadqiq qilishgan. Ikkita buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar bilan A.M. Naxushev, M.M. Zaynulabidov, V.F. Volkodavov, V.V. Azovskiy, O.I. Marichev, A.M. Yejov, N.I. Polivanov, Xe Kan Cher, S.I. Makarov, S.S. Isamuhammedov, J. Oramov, M.S. Salohiddinov va uning o‘quvchilari, K.B. Sabitov, A.A. Gimaltdinova, O.A. Repin va boshqa mualliflar shug‘ullanganlar.
Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling