Yondosh olam. Shavkatov Sarvar


Download 176.12 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi176.12 Kb.
#1034473
Bog'liq
Yondosh olam.



Yondosh olam.

Shavkatov Sarvar.


I bob.
u voqea 2092-yilning bahor paytlari edi. Texnologiya bu davrda shunchalar rivojlanib ketgan ediki, hattoki, hayotni usiz tasavvur qilib bo’lmas edi.
Technocity - kashfiyotlar olamining markazi sanaladi. Va u yerda maxsus yosh kashfiyotchilar uchun o‘quv yurti yaratilgan. O‘sha o‘quv yurtiga qabul qilingan yangi o‘quvchilarni kutib olish maqsadida bugun butun maktab uchun tanishuv uchrashuvi uyushtiriladi. Bu yangi qabul qilingan o‘quvchilar orasida 3 do‘st: Sem, Aleks va Amanda ham bor edi. Ular yoshlikdan do’st edilar. Ular bu maktabga eng yuqori ballar bilan qabul qilinganlari bilan ajralib turishar edi.
Mana o‘sha kutilgan uchrashuv boshlanmoqda.
Maktab direktori Mr.Ferguson so‘zga
chiqdi:
„Mana azizlar biz o’z oramizga yana o‘ttizta yosh va mahoratli kashfiyotchilarni qo’shib oldik. Biz sizlarni ko’rib turganimizdan hursandmiz va sizlarga omad tilab qolamiz.“ Hamma gulduros qarsak chaladi va u o’z so’zida davom etadi.
„Shuni ham aytib o’tishim kerakki. Bu yil bizga yangi uch mahoratli kashfiyotchilar qabul qilingan. Nega ular mahoratli? Chunki ular qabul imtihonining rekord natijasi, ya’ni 91 foizlik rekordni yangilashdi. Kutib oling: Alex-95%, Amanda-97% va Sem-100%.” Hamma qarsak chaladi. Bu uchalasi chiqib kelayotganda hayron va lol bo’lgan o’quvchilarning yuz ifodasini sezishlari oson edi.
Alex ko’rkam, sochi to’zg’igan edi. Chunki u unchalik tartibli inson emas edi. U xushchaqchaq va tez asabi buziladigan harakterli inson edi.
Amanda xushbichim, uzun va qora sochli qiz edi. U ko’pincha lider bo’lishga harakat qilar va xavotirga ko’p tushar edi.
Sem ko’rkam va kuchli, sochi tekis taralgan edi. U sovuqqon bo’lib har qanday vaziyatdan chiqish yo’lini topa olar edi.
Ular sahnaga chiqanda Mr.Ferguson ulardan nutq so’zlashini iltimos qildi. Sem mikrofon yoniga kelib:
“Men bu o’quv yurtiga qabul qilinaman deb o’ylamagan edim. Lekin bari bir buni amalga oshirdim. Men bundan hursandman.“ Barcha qarsak chaladi va ular o’z joylariga qaytishadi.
Uchrashuvning davomida maktab o’quvchilar komiteti prezidenti 3-sinf o’quvchisi, bitiruvchi Linda Nilson bilan suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatdan so’ng maktab direktor o’rinbosari hamma tarqalishi mumkin ekanligi va ertadan barcha o’quv jarayoni boshlanishini eslatib o’tadi.
II bob.
Uchrashuvdan so’ng uyga uchovlon
yo’l olishdilar. Ularning o’rtasida esa qizg’in suhbat ketmoqda edi.
“Agar biz olamlar aro portalni ishga tushursak bu olamlarning o’rtasidagi infratuzulmani buzib yuborishi mumkin. Bu esa olamlar jangiga sabab bo’lishi mumkin. Bu fikrdan qaytish kerak.”-dedi Amanda.
“Bu fikring bir tomondan to’g’ri. Lekin, agar, biz ekspeditsiya zonasini gumbaz qobig’ tehnologiyasi bilan o’rasak, sen aytayotgan ishning amalga oshishi aniq bo’lmay qoladi.”- deb o’z fikrini himoyalashni boshladi Alex.
“Lekin sen olamlar o’rtasidagi infratuzulma qoidasini buzib yuborsang nima bo’lishini o’ylayapsanmi?”- dedi Amanda.
“Bo’ldi qilinglar!”- deb baqirdi toqati toq bo’lganidan Sem.“-Alex Amanda aytganidek infratuzulmani buzish xavfi haqiqatdan ham bor, lekin agar biz KHT(Kvant Himoya Tizimi)dan foydalansak biz har qanday xavfli holatdan qochib qutilishimiz mumkin.” Shunday qilib, ular uylariga yetib kelishdi va bahsni keyinga qoldirishdi. Balki bu ularning sarguzashtlarining boshlanish kalitidir.
III bob.
Ertasiga ular xuddi hech narsa bo’lmagandek yo’lda ketishayotganda Amanda so’z boshladi.
“Sem kecha aytgan gaplaring to‘g’riga o’xshaydi. Men kecha qiziqib Technugldan barcha KHT haqida ma’lumotlarni qidirib ko’rdim. Rostdan ham sen aytgan narsani iloji borga o’xshaydi. Bari bir sen oramizdagi eng yaxshisi ekanliging bilinadi-da.”- dedi Amanda.
Sem indamadi va yo‘lida davom etdi.
Fizikada ular aynan shu Kvant Himoya Tizimi haqida gaplashishdi. Mrs.Kamile
bu borada bari bir ustaligini ko’rsatib barchaning bu mavzuda tug‘ilgan savollari bo’yicha barchasiga ustamonlik bilan javob bermoqda edi.
Shunda Alex chidab tura olmay so’radi:
“Mrs.Kamile, iltimos savolimga javob bersangiz. Sizningcha maxsus olamlar o’rtasidagi tajribada KHT ishlatilsa, bu tajribaning olamlar infratuzulmasiga ta’siri bo’lmasligi aniqmi?”.
“Bu tajribaning amalga oshirish sifatiga bog’liq. Agar KHT to’g’ri va xatolarsiz sozlansa, unda bemalol tajribani amalga oshirish mumkin.”- dedi Mrs.Kamile.
“Agar uni olamlar o’rtasida portal ochish uchun ishlatilsachi?“- dedi Amanda.
“Agar portalni kimdir kuzatib tursa, ya’ni tashqi tarafdan hech kim unga zarar yetkazmay tursa, unda bemalol shunga o’xshash maqsadlarda foydalanish mumkin. Keyin yana qiziqganlar uchun, ertaga bizga mehmonga Kvant Himoya Tizimi bo’yicha fan doktori Ms.Mahfuza tashrif buyuradi. Undan qiziqan narsangiz bo’yicha savolaringizga javob olishingiz mumkin. Shuningdek u hozirda KHTdan foydalanib yondosh olamlarga yo’l ochuvchi portal ustida ishlamoqda. Aleks barcha javoblarni undan olishing mumkin.”- dedi Mrs.Kamile.
“Rahmat Mrs.Kamile. Albatta ular bilan gaplashib ko’raman.“- dedi Akeks.
Shunday qilib ular yanada o’z maqsadlariga yaqinlashib borishmoqda.
IV bob.
Ertasiga Ms.Mahfuza bilan suhbat davomida o’z savolariga javob olishdi va ko’p narsalarni aniqlab olishdi.
Suhbatdan so’ng Ms.Mahfuza uchovlonni o’zi uchun ajratilgan honaga chaqirdi.
„Siz uchovingiz menga yoqib qoldingiz. Sizlarda qo’bilyat bor. Men sizlarni o’zim bajarayotgan tajribamga stajerlikka taklif qilmoqchi edim. Shuningdek o’z hissangizni kelajak tehnologiyasiga qo’shishingiz mumkin. Ho’sh nima deysiz?”
Ular bunday taklifni kutmagan edi. Amanda va Aleks bunday taklifni eshitib gapirolmay qolishdi. Lekin Sem sovuqqonlik bilan javob berdi:
“Biz bundan qanday foyda topishimiz mumkin?”
“Sezib turibman, sen juda qobiliyatlisan. Hattoki mendan ham aqlliroqsan. Lekin hozirgi holatingda sen qilmoqchi bo’lgan tajribanga moliyaviy kuchli emassan. Shuning uchun men sizlarga hamkorlikni taklif qilyapman. Lekin tanlov sizning qo’lingizda.”- dedi Ms.Mahfuza.
Alex va Amanda Sem “yo’q” javobini berishidan qo‘rqishdi, chunki u har doim yordam qo’lini chozishganda yo’q der edi.
“Men roziman”- dedi Sem.
Buni eshitib Alex va Amanda hayron qolishdi.
“Sizlar-chi?”- dedi Ms.Mahfuza.
Alex va Amanda bir ovozdan “Ha” deya javob berishdi.
Kelganiga 1 hafta ham bo’lmagan o’quvchilarni Ms.Mahfuza Stajerlikka olgani maktanda juda tez tarqaldi. Ertasiga ular stajerlikni boshlashdi.
V bob.
Tajribani Ms.Mahfuza bilan birgalikda Yondosh olamlar bo’yicha fan doktori Mr.Abdulhay ham ish olib bormoqda edi. Uning takidlashicha agar kordinatalar to’g’ri sozlansa, bemalol bizga yaqin bo’lgan yondosh olamga tushish mumkin.
Ms.Mahfuza uchovlonni o’z honasiga chaqirtirdi.
“Sizlar bilan bir mavzu bo’yicha gaplashib olishim kerak.”-dedi Ms.Mahfuza.
“Eshitamiz”- deb javob berdi Sem.
“Sem, o’zing ham kecha birinchi tajribada nima bo’lganini ko’rding. Yahshiyamm o’sha yerda ekansan. Agar joylashuv koordinatalarini qaytadan yozib chiqmaganingda, ularni biz qaytara olmas edik.”- dedi Ms.Mahfuza.
“Iltimos, gapni cho’zishni bas qiling va maqsadga o’ting.”- deb Ms.Mahfuzani gapini bo’ldi Sem.
“Yahshi. Men sizlardan ikkinchi tajribada qatnashishingizni so’rayman. Nega aynan sizlardanmi? Chunki agar biror bir muammo tug’ilsa, siz bu muammoni uskunani ichidayoq hal qilishga aqlingiz yetadi. Rozimisiz?”-dedi Ms.Mahfuza.
Ular rozi bo’lishdi va 1 haftadan keyin 2-tajriba o’tkazilishi haqida habar olishdi. Bu vaqt ichida esa kemaning kamchiliklari bartaraf etiladi.

O’sha kun yetib keldi. Uchovlon bugun portalni sinab ko’rishadi. Buning evaziga ularga 1000₿ beriladigan bo’ldi.

Tayorlaning. Uch, ikki, bir. Yoqing!- dedi Sem.

Ular birdaniga bir silkinishdi va negadir to’xtab qolishdi. Aleks mahsus oynadan qaradi va dedi:

O’xshadi!”

Ucholovlari baqirib bir-birlarini quchog’lashni boshlashdi.

Shunda dinamikdan ovoz chiqdi.

Sem, tirikmisizlar? O’xshadimi?- dedi Ms.Mahfuza.

Ha, o’xshadi.”-deb javob berdi Sem.

Shunda Ms.Mahfuza dedi:

Unda omad!”

Negadir o’z olami bilan aloqa yoqolib qoldi.

I-qism tugadi.





Download 176.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling