Yong‘in va


Download 0.66 Mb.
bet1/8
Sana25.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1230106
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yong‘in vaqtida odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya қиLиш


Yongin vaqtida odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya қиLиш
Evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan asosiy talablar SHNQ 2.01.02-04 "Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi " me’yoriy hujjatiga muvofiq quyidagicha belgilangan: odamlarni o‘z vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga; yong‘inning xavfli omillari ta’siriga yo‘liqishi mumkin bo‘lgan odamlarni qutqarishga; odamlarni evakuatsiya yo‘llarida yong‘inning xavfli omillari ta’siridan himoyalash.
Odamlarni mustaqil tashkillashtirilgan holda yong‘inni xavfli omillari mavjud xonadan tashqariga chiqish harakati evakuatsiya jarayoni xisoblanadi. Axolining kam harakatlanishi guruxiga kiruvchi odamlarning xizmat ham evakusiya xisoblanadi. Evakuatsiya-evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
Odamlarga yong‘inning xavfli omillari ta’sir etganda yoki, shunday ta’sir xavfi bevosita taxlid solganda majburiy harajatlanishi, qutkarishga kiradi. Qutkarish ishlari ham yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yordamida yoki maxsus o‘rgatilgan xodimlar tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan holda evakuatsiya va avariya chiqishlari orqali mustakil amalga oshiriladi.
Odamlarni evakuatsiya yo‘llarida himoya qilish xajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi.
Xona miqyosida evakuatsiya yo‘llari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali, ularda yong‘in o‘chirish va tutunga qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilinishini ta’minlashi lozim.
Xonalar tashqarisida evakuatsiya yo‘llarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib, evakuatsiya yo‘liga chiqadigan xonalarning funksional yong‘in xavfi evakuatsiya kilinuvchilar soni, binoning yong‘in bardoshlik darajasi va konstruktiv yong‘in xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak.
Xonalar va xonalardan tashqaridagi evakuatsiya yo‘llaridagi konstruksiyalarning yuza qatlamlari uchun qo‘llaniladigan (pardozlov va koplamalar) qurilish ashyolarining yong‘in xavfi, xona va binoning funksional yong‘inga xavfi va evakuatsiya yo‘llarini himoyalash buyicha boshqa tadbirlarni hisobga olgan holda cheklanishi lozim.
SHNQ 2.01.02-04ning quyidagi 5.9.bandga mos kelmagan odamlarni qutqarishga mo‘ljallangan tadbirlar va vositalar, hamda chiqishlar, barcha xonalar va binolardan evakuatsiya jarayonini tashkil etishda va loyihalashda e’tiborga
olinmaydi.
SHNQ 2.01.02-04 talablariga asosan A va B toifadagi F5 sinfga mansub xonalarni bir vaqtni 50 dan ortiq odam to‘planishi uchun mo‘ljallangan xona ostida, hamda yerto‘la va sokolqavatlarda joylashtirishga yo‘l ko‘yilmaydi.
SHNQ 2.01.02-04ga muvofiq F1.1, F1.2, va F1.3. sinfga mansub xonalarni yerto‘la va sokol qavatlarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yong‘in vaqtida odamlar xavfsizligi taminlash bo‘yicha tadbirlarning samaradorligi xisoblash yo‘li bilan baxolanishi mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling