Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Yong’inlarni bartaraf etishda korxona, laboratoriya ma’muriyati


Download 53.4 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности

6.Yong’inlarni bartaraf etishda korxona, laboratoriya ma’muriyati
va o’t o’chirish bo’limini hamkorlikdagi harakatlari tartibi

6.1.Yong’in sodir bo’lganda korxona, laboratoriya ma’muriyatini harakati birinchi navbatda odamlarni xavfsizligiga va ularni evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) qilishni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.


6.2.Yong’in yoki yonishni ko’rgan har bir ishchi yoki xodim quyidagilarga majbur:
a) bu haqda o’t o’chirish bo’limiga tezda xabar berishga;
b) stexda yoki ish joyida bor bo’lgan o’t o’chirish vositalari (o’t o’chirish, ichki o’t o’chirish krani, stastionar o’t o’chirish uskunasi va shunga o’xshash) bilan yong’in o’chog’ining o’chirishga kirishish;
v)yong’in joyiga smena, stex, uchastka boshlig’ini yoki boshqa mansabdor shaxsni chaqirish choralarini ko’rishi.
6.3.Yong’in joyiga etib kelgan stex, smena, uchastka boshlig’i yoki boshqa mansabdor shaxs quyidagilarga majbur:
a) o’t o’chirish bo’limi chaqirilganligini tekshirishi;
b) korxona rahbariyatini yong’in haqida xabardor qilishi;
v) o’t o’chirish bo’linmasi etib kelguncha yong’inni o’chirishga rahbarlik qilishi;
g)o’t o’chirish bo’linmasini kutib olish uchun kelish yo’llarini va suv manbalarini yaxshi biladigan shaxsni ajratishi;
d) avtomatik (stastionar) o’t o’chirish tizimini ishga tushganligini tekshirishi;
e)yong’inni bartaraf etish bilan mashg’ul bo’lmagan barcha ishchilarni va muhandis-texnik xodimlarni xona ichida, uchastka (bino, inshoot va shunga o’xshash) hududlaridan yoki xavfli hududdan olib chiqishga;
j)odamlar hayotiga xavf soluvchi holatlarda bor bo’lgan barcha kuch va vositalardan foydalangan holda ularni qutqarishni tashkil etishga;
z)zarurati bo’lsa gaz qo’tqaruv, tibbiyot va boshqa xizmatlarni chaqirishga;
i)yong’inning bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar bilan bog’liq bo’lmagan barcha ishlarni to’xtatishga;
k)zarurati bo’lsa elektr energiyani o’chirishni, agregatlar, apparatlar, gaz, bug’ va suv kommunikastiyalarini, shamollatish tizimini to’xtatishni, tutunni bartaraf etish tizimini ishga tushirishni va yong’inni bartaraf etishga ko’maklashuvchi boshqa choralarni amalga oshirishni tashkil etishga;
l)o’t o’chirishda ishtirok etayotgan odamlarni qurilmalarni buzilishidan, elektr toki urishidan, zaharlanishidan, kuyishidan himoya qilishni ta’minlashga;
m)o’t o’chirish bilan bir vaqtda yuqori haroratlar ta’sir qilishi xavfi bo’lgan binolarni tuzilish elementlarini va texnologik apparatlarni sovutishni amalga oshirishga.
6.4.Yong’inga o’t o’chirish bo’limi etib kelgandan keyin yong’inni o’chirishga raxbarlik qilayotgan korxona vakili, o’t o’chirish bo’limi boshlig’iga yong’in o’chog’i, uni bartaraf etish bo’yicha ko’rilgan choralar haqida, hamda yong’inni bartaraf etish bilan mashg’ul bo’lgan xona ichidagi odamlar haqida xabar berishga majbur.
6.5.Yong’indagi vaziyatga va uni o’chirishda katnashayotgan bo’linmalarning soniga qarab, o’t o’chirish rahbari tezkor o’t o’chirish shtabini tashkil etadi.
O’t o’chirish shtabidagi korxona vakili quyidagilarga majbur:
a)ishlab chiqarish jarayonining texnologik masalalari va yonayotgan ob’ektning sohaviy xususiyatlari bo’yicha yong’inni o’chirish rahbari bilan maslahatlashishi, shuningdek zaharli va radioaktiv moddalar borligi va joylashgan joyi haqida uni xabardor qilishi;
b)yong’inni o’chirish va davlat mulqini yong’indan olib chiqish bilan bog’liq ishlarni bajarish uchun shtabni ishchi kuchi va muhandis-texnik xodim bilan ta’minlashi;
v)yong’inni o’chirish va bartaraf etish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalarni tashish uchun avtotransport bilan ta’minlashi;

g)yong’inni o’chirish rahbarni ko’rsatmasiga binoan har xil kommunikastiyalarni o’chirish yoki o’zgartirishni, rezervuarlardan va texnologik apparatlardan tez alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni so’rib olishni tashkil etishi;


d)yong’inni o’chirish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganda muhandis-texnik xodimlar bilan harakatlarni moslashtirish (korrektirovka)lari kerak.
6.6.Ob’ektda sodir bo’lgan har bir yong’in bo’yicha ma’muriyat yong’inni sodir bo’lishiga va rivojlanishiga sabab bo’lgan barcha holatlarni aniqlashi va zaruriy profilaktik (oldini olish) choralarini ko’rishi kerak.
Yo’riqnomani ishlab chiqdilar:

Shimoliy kon boshqarmasining


favqulotda holatlar xizmati muhandisi: I.R.Ergashov
KELIShILDI”:
Shimoliy kon boshqarmasi MMvaXT bo’yicha
bosh muhandis o’rinbosari: M.N.Ishanxodjaev

Shimoliy kon boshqarmasining


favqulotda holatlar xizmati boshlig’i: U.I.Xasanov

2-XYoXB komandiri: V.Sh.Yuldashev



Tarjimon: Bolatov S.B.
Tel: 597-29-37
Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling