Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Download 53.4 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности


Shimoliy kon boshqarmasi

Yong’in xavfsizligi choralari haqida
YO’RIQNOMA
P-1

“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil

Yong’in xavfsizligi choralari haqida
YO’RIQNOMA
P-1
1.Umumiy qoidalari

1.1.Ushbu yo’riqnoma Shimoliy kon boshqarmasini barcha bo’linmalarida yong’in xavfsizligini umumiy talablarini belgilaydi va Shimoliy kon boshqarmasining barcha ishchilari bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.


1.2.Shimoliy kon boshqarmasi bo’linmalarida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun javobgarlik amaldagi qonunchilikga binoan bo’linma rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
1.3.Bo’linma rahbarlari quyidagilarga majbur:
-qaramog’ida bo’lgan ob’ektlarda barcha muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilar tomonidan amaldagi yong’in xavfsizligi qoidalarini o’rganishni va bajarishni ta’minlash;
-yong’inga qarshi instruktajdan va yong’in-texnik minimum bo’yicha kerakli dastur asosida mashg’ulotlarni o’tkazishni tashkil etish;
-ishlab chiqarish ma’muriy ombor va yordamchi xonalar hududida qat’iy yong’inga qarshi tartibni (chekish uchun joylarni belgilash va jihozlash, bir vaqtning o’zida xom ashyoni va tayyor mahsulotni ruxsat etilgan miqdorda saqlashni va saqlash joyini belgilash, olovli ishlarni o’tkazishni aniq tartibini o’rnatish, ish tugaganda keyin xonalarni ko’rikdan o’tkazish va yopish tartibini) va unga barcha ishchilarni va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni qat’iy rioya qilishini doim nazorat qilish;
-muntazam ravishda ob’ektni yong’in xavfsizligi holatini, birlamchi o’t o’chirish vositalarini borligini va sozligini, ko’ngilli yong’in drujinasining shayligini va ularni ishini yaxshilash bo’yicha zaruriy choralarini ko’rishni tekshirish.
1.4.Yong’in xavfsizligini bir turdagi (tipovoy) qoidalari asosida har bir stexda, laboratoriyada, ustoxonada yoki boshqa xonalarda u erda ishlaydigan shaxslar uchun yong’in xavfsizligi choralari bo’yicha aniq yo’riqnomalar ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
1.5.Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda yoki ma’muriy xonada (egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar) ishlaydigan har bir shaxs o’rnatilgan yong’in xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi va qat’iy bajarishi, yong’inga yoki yonishga olib keluvchi harakatlarga yo’l qo’ymasligi lozim.
1.6.Yong’in xavfsizligi namunaviy (tipovoy) qoidalarini buzishda aybdor shaxslar qoida buzarlikni xarakteri va uni asoratlaridan qat’iy nazar intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling