1. itr ishchilari va xodimlarini yong'in xavfsizligi bo'yicha o'qitish tartibi
Download 23.03 Kb.
|
Yong`in xavfsizligi buyicha 5 bilet javoblar
1. ITR ishchilari va xodimlarini yong'in xavfsizligi bo'yicha o'qitish tartibi Bo’linma rahbarlari quyidagilarga majbur: -qaramog’ida bo’lgan ob’ektlarda barcha muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilar tomonidan amaldagi yong’in xavfsizligi qoidalarini o’rganishni va bajarishni ta’minlash; -yong’inga qarshi instruktajdan va yong’in-texnik minimum bo’yicha kerakli dastur asosida mashg’ulotlarni o’tkazishni tashkil etish; -ishlab chiqarish ma’muriy ombor va yordamchi xonalar hududida qat’iy yong’inga qarshi tartibni (chekish uchun joylarni belgilash va jihozlash, bir vaqtning o’zida xom ashyoni va tayyor mahsulotni ruxsat etilgan miqdorda saqlashni va saqlash joyini belgilash, olovli ishlarni o’tkazishni aniq tartibini o’rnatish, ish tugaganda keyin xonalarni ko’rikdan o’tkazish va yopish tartibini) va unga barcha ishchilarni va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni qat’iy rioya qilishini doim nazorat qilish; -muntazam ravishda ob’ektni yong’in xavfsizligi holatini, birlamchi o’t o’chirish vositalarini borligini va sozligini, ko’ngilli yong’in drujinasining shayligini va ularni ishini yaxshilash bo’yicha zaruriy choralarini ko’rishni tekshirish. 1.4.Yong’in xavfsizligini bir turdagi (tipovoy) qoidalari asosida har bir stexda, laboratoriyada, ustoxonada yoki boshqa xonalarda u erda ishlaydigan shaxslar uchun yong’in xavfsizligi choralari bo’yicha aniq yo’riqnomalar ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. 1.5.Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda yoki ma’muriy xonada (egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar) ishlaydigan har bir shaxs o’rnatilgan yong’in xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi va qat’iy bajarishi, yong’inga yoki yonishga olib keluvchi harakatlarga yo’l qo’ymasligi lozim. 1.6.Yong’in xavfsizligi namunaviy (tipovoy) qoidalarini buzishda aybdor shaxslar qoida buzarlikni xarakteri va uni asoratlaridan qat’iy nazar intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy tartibda javobgarlikka tortiladilar. Download 23.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling