1. itr ishchilari va xodimlarini yong'in xavfsizligi bo'yicha o'qitish tartibi


Кimyoviy moddalar bilan ishlashda laboratoriyalarda yong'in xavfsizligi talablari


Download 23.03 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1499833
1   2   3
Bog'liq
Yong`in xavfsizligi buyicha 5 bilet javoblar

Кimyoviy moddalar bilan ishlashda laboratoriyalarda yong'in xavfsizligi talablari

3.2.Laboratoriyа
3.2.1.Laboratoriya xodimlari ko’llaniladigan kimyoviy moddalarni va materiallarni yong’inga xavfliligini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralarga rioya qilishlari kerak.
Laboratoriyalarda moddalarni va materiallarni saqlash qat’iy turiga (assortiment) qarab amalga oshirilishi kerak. Kimyoviy o’zaro ta’sir qilishi yong’inga va portlashga olib kelishi mumkin bo’lgan moddalarni birga saqlashga ruxsat etilmaydi.
3.2.2.Laboratoriya mebellari va jihozlari shunday o’rnatilishi kerak-ki ular odamlarni evakuastiya (odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish) qilishga to’sqinlik kilmasligi kerak. Jihozlar orasidagi o’tish joylarini ruxsat etilgan eng kam kengligi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak.
3.2.3.Yong’inga-portlashga xavfli suyuqliklar va moddalar bilan ishlash uchun belgilangan stollar, stellajlar, mo’rili shkaflarni ishchi yuzasi yonmaydigan qoplamadan bo’lishi lozim.
3.2.4.Laboratoriyada zaharli yoki yong’inga-portlashga xavfli bug’lar va gazlar ajralishi bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar faqat mo’rili shkaflarda amalga oshirilishi zarur. Mo’rili shkaflar soz holatda saqlanishi kerak. Shishalari singan yoki shamollatish tizimi nosoz bo’lgan mo’rili shkaflardan foydalanish taqiqlanadi.
3.2.5.Barcha laboratoriya xonalariga oqimni tortish ventilyastiyasi ish kuni boshlanishidan 5 daqiqa oldin ishga qo’shilishi va ish tugagandan keyin o’chirilishi kerak.
Laboratoriyalarda nosoz shamollatish tizimi bilan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
3.3.Kimyoviy moddalar omborlari
3.3.1.Omborlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar kimyoviy moddalarni va reaktivlarni saqlaganda yong’in xavfsizligi va xavfsizlik qoidalarini bilishi kerak.
3.3.2.Kimyoviy moddalar omborida kimyoviy moddalarni saqlash bilan bog’liq bo’lmagan ishlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
3.3.3.Kimyoviy moddalar bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarning bejirim amalga oshirish va tiqiniga zarar etkazmaslik lozim. Kimyoviy moddalar solingan har bir idishga uning nomi ko’rsatilgan yozuv yoki yorliq bo’lishi kerak.
3.3.4.Azot va oltingugurt kislotalarini saqlaganda ularni yog’och, poxol va boshqa organik moddalarga tegib ketishini oldini oluvchi choralar ko’rilgan bo’lishi zarur.
3.3.5.Kislotalar saqlanadigan omborlar va ayvonlar tagida tasodifan to’kilgan kislotalarni tezda zararsizlantirish uchun tayyor bo’r, ohak yoki soda qorishmasi bo’lishi lozim. Kislotalar saqlanadigan joylar belgilangan bo’lishi kerak.
Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling