Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda korxonalarda olib boriladigan ishlar
Bir binoning o‘tga chidamlilik darajasi
Download 20.23 Kb.
|
Yong\'in xavfsiz. asos
Shuningdek, G va D toifadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga chidamlilik darajasi I va II bo‘lsa va tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan, shuningdek, tashqi devorlari yong‘inga qarshi to‘siq sifatida qurilgan bo‘lsa, yong‘inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkin. Yong‘inga qarshi to‘siq. Sanoat korxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong‘inga qarshi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong‘inga qarshi to‘siqlarni ko‘rsatish mumkin. Bularga yong‘inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi. Yong‘inga qarshi to‘siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va quyidagicha o‘tga chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi kerak (soatlarda). Yong‘inga qarshi asosiy devor-2,5 soat. Yong‘inga qarshi devorlarda bo‘lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo‘lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo‘lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o‘tga chidamlilik chegarasi bo‘yicha qo‘yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo‘lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o‘tga chidamlilik chegarasi hisobga olinadi. Download 20.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling