Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson! Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling
Download 172.15 Kb.
|
YONG`IN
Ichki o’t o’chirish jo’mraklari
Ichki o’t o’chirish jo’mraklari Ishlatish tartibi: Quti eshigini och; O’t o’chirish yengini olov yonayotgan tomonga yoy; Kranni soat strelkasiga teskari yo’nalishda burab och; Dastakni olov yonayotgan tomonga qaratib, uni o’chir. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qoladi: ➖ Gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin neft mahsulotlari va boshqalar) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya eting; ➖ Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring; ➖ Tezda gazni o‘chiring va derazalarni oching; ➖ Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq bo‘lsa o‘chirmang; ➖ Gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching. ➖ Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang; ➖ Isitish pechlari dudburonlarining toza va soz holatda bo‘lishini ta'minlang; ➖ Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmang; ➖ Oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang; ➖ Xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanmang; ➖ Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda bo‘lishini ta'minlang; ➖ Uyingizga kelgan FVV, “Hududgazta'minoti” xodimlari tavsiyalariga rioya qiling. Agarda gaz plitada nosozlik aniqlansa bu haqda “104” raqami orqali gaz avariya xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” telefon raqamiga xabar bering. Siz bu qoidalarga amal qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz! Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling