Yong‘oq Tayyorladi: Rustamova Fotima To‘lqinjon qizi


Download 20.45 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1579788
Bog'liq
Yongoq


Yong‘oq
Tayyorladi: Rustamova Fotima To‘lqinjon qizi
Y ong‘oq juda foydali, mazali parxizbop taom. Uni yurak va qon aylanish sestimasida, or- tiqcha xalestirindan halos qilishda, qandli deabit bilan chalingan bemorlarda qand miqdo- rini kamaytirishda qo‘llaniladi. Yong‘oq tarkibida mikro va makro elimentlar, biomalekullar, vitaminlar mavjud. 28 gramm yong‘oqda protein-5gr, yog‘-16gr, uglevodlar-6gr, elyaf-3gr , E vitamini- 12%, magniy-16%, fosfor-13%, mis-23%, marganst-26%, selen-56%ni tashkil etadi(1). Yong‘oq antioksidantlik xossaga ega. Anti- oksidantlikda yong‘oq o‘zining tarkibidagi polifenol yordamida, organizmga kirgan za- rarli malekulalarni zararsizlantiradi. Yong‘oq baliqga qaraganda ko‘proq antioksidantlik xossaga ega(2).
Yong‘oqlarning oqsili yuqori sifati bilan ajrqlib turadi, tarkibida oltingugrtli aminokislotalar, lizin, treonining miqdori sezilarli darajada ko‘p. Yong‘oqda allergiyani qo‘zg‘atuvchi poten- siali mahsulot. Kaloriyaga boy mahsulot. Kunlik ovqatlanish ratsionida 30 gr. dan oshmas- ligi kerak. Yong‘oqlarni don mahsulotlari bilan birga istemol qilish tafsiya etilmaydi. Chunki, o‘simlik mahsulotlarning aminakislotalar disbalansi buziladi (3).
Yong'oqning xolesterinni kamaytiradigan kuchi ularning tarkibida ko'p to'yinmagan yog'li kislotalarning ko'pligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Yong‘oqda yog‘ miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramay yurak uchun foydali bo‘lgan "yaxshi" HDL xolesterinni ko'tarib, yurak uchun za- rarli "yomon" LDL xolesterin kamaytiradi. Qandli diabet bilan butun dunyo bo'ylab yuz mil- lionlab odamlar xastalangan. Metabolik sindrom bu yurak xastaligi, insult va qandli deabet xavfini oshirishi mumkin bo'lgan xavfli omillari guruhini anglatadi. Shuning uchun qandli diabet va metabolik sindrom bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Qizig'i shundaki, yong'oq metabolik sindrom va diabetga chalingan odamlar uchun eng yaxshi ovqatlardan biri bo‘la oladi. Birinchidan yong‘oqda uglevod kam va qonda shakar darajasini ko‘tarmaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yong'oqni iste'mol qilish qon bosimi meyorlashtirdi, qondagi qand miqdorini 9% ga kamaytirdi. Metabolik sindromda odamda antioksidantlik xossasi kamayadi. Yong‘oq ham bunga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi(4). Tanangizni jarohatlar- lardan, bakteriyalardan va boshqa potentsial zararli pathogenlardan himoya qilishda yon- g‘oq bizga yordam beradi. Biroq, surunkali, uzoq muddatli yallig'langan organlarga zarar yetkazishi va kasallik xavfini oshirishi mumkin. Yong'oqni istemol qilish yallig'lanishni ka- maytiradi va sog'lom qarishni rag'batlantiradi. O'rta yer dengizi dietasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda, yong'oq bilan oziqlanib dieta qilgan odamlarda yallig'lanish belgilari C-reaktiv oqsil va interleykin 6 mos ravishda 35% va 90%ga pasaygan. Yong'oq sog'lom odamlarda, diabet va buyrak kasalligi kabi jiddiy kasalliklarga chalinganlarda yallig'lanishga qarshi kurashadi(5). O'rta yer dengizi dietasi bo'yicha tadqiqotda shuni ko'rsatdiki, yong'oq iste'mol qilgan odamlarda “yomon” LDL zarralari sezilarli darajada pasaygan va "yaxshi" HDL xolesterin darajasi ko'tarilgan. Bu esa o‘z-o‘zidan ko‘- rinib turibdiki yurakni va qon-tomir tizimini ortiqcha yog‘lardan tozalaydi. Yong'oq istemol qilgan odamlar arteriyalarning yaxshi ishlashi va ochlik darajasining pastligi, xolesterin miqdori kamayganligi kuzatiladi. Demak, yong'oqlar yurak xuruji va insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yong'oqni iste'mol qilish "yomon" LDL zarrachalarining hajmini kamaytiradi, "yaxshi" HDL xolesterinni oshiradi, arteriya faoliyatini yaxshilaydi va boshqa turli xil afzalliklarga ega(6).
Demak, yong‘oq organizimimiz uchun juda foydali. Biz uni kunlik ovqatlanish ratsioniga kiritsak bizga juda foydali. Yong‘oqni muntazam istemol qilish yurak qon-tomir tizimiga ijo- biy ta’sir ko‘rsatadi. Uni doimo istemol qilish qandli deabit va yurak qon-tomir tizimini ortiq- cha yog‘lardan tozalaydi. Yurak va uning sestimasida vujudga keladigan kasalliklarni oldini oladi Unda organizmga kerak bo‘lgan menirallar , mikro va makro elimentlar mavjud. Ortiqcha vaznni yuqotishga yordam beradi, parxiz qiladigan kishilar uni ovqatlanish ratsio- niga qo‘shishni tafsiya etaman. Shunday qilib yong‘oqni foydasi ko‘p. Bugungi kunda ko‘pchilikda yod yetishmovchiligi natijasida qalqonsimon bez funksiyasi buziladi va endimik buqoq kasalligi kelib chiqadi. Endokrin sestimasidagi bunday o‘zgarish kattalarni ham yoshlarni ham birdek qiynaydi. Buning natijasida insonda asabiylashish, fikrni bir joyga jamlay olmaslik, moddalar almashinuvining sustligi, esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyatini susayishiga sabab bo‘ladi. Endimik buqoqda bo‘yinning oldi yoki ichki qismida shish hosil bo‘ladi yani qalqonsimon bez shishadi. Ayrimlar menda bu alomatlar yuq, demak, menda yod yetishmovchiligi yo‘q desa, adashishi mumkin. Uy sharoitida yod tanqisligini aniqlash uchun, hammamizni uyimizda topiladigan yod surtmasi kerak bo‘ladi. Yod surmasni paxta yordamida bilakning ichki tomoniga bir necha yug‘on chiziqlar chizamiz. Yarim kundan sung bilakka surilgan yodni bor yuqligiga qaraymiz. Agar, surtma yuq yoki ancha hiralash- gan bo‘lsa, demak, organizmda yod tanqisligi bor. Biz buni davolashda turli xil periparat, dori, giyohlardan foydalanamiz. Shu jumladan yana biz yong‘oqdan foydalanishimiz mum- kin. Qanday qilib degan savol vujudga keladi. Buning uchun biz yong‘oqni hali pishib ye-tilmagan aprel oyidagi hosilidan foydalanamiz. Yong‘oqni bu paytdagi mevasining hajmi hali ancha kichik, yod miqdori ko‘p bo‘ladi. Bu payt yong‘oq po‘stiga qattiqlik beruvchi sekrilid hujayralar shakllanmagan, uni biz yashil po‘sti bilan birga, o‘zini qo‘shimchalarsiz istemol qilishimiz mumkin. Lekin bu ayrim insonlarda ancha muommolarga olib keladi. Misol uchun, allergiyani chaqiririshi, toshma toshishi, organizmni moslashtirmasdan ko‘p iste’mol qilish qayt qilishga, odamning tabi tortmasligi mumkin. Biz uni avgust oylaridagi qattiq po‘sti qotgan, lekin ichi hom paytidagi hosilida foydali va moddalar ko‘p bo‘ladi. Biz undan foydalansak maqsadga muvoffiq bo‘lrdiyu, ammo, buning natijasida organizmda toshma toshishi, allergiya qo‘zg‘atishi mumkin.
Biz yong‘oqni yil bo‘yi hosilidagi o‘zgarishlarni, unda yod moddasini mavsumiy miqdorini o‘rganishimiz, ajratib olish texnologiyasini yaratishimiz kerak. Yodni biz oziq-ovqat mahsu- lotlariga qo‘shganimizda, qayta ishlash jarayonida yuqolib ketmasligini oldini olishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1) https://www.healthline.com/nutrition/legumes-good-or-bad
2) https://www.healthlene.com/nutrition/benefits-of-walnuts
3) G. Shayxova “ovqatlanish gigiyenasi” 2012-yil 166-bet
4) https://www.healthline.com/nutrition/15-ways-to-lower-blood-sugar
5) https://www.healthline.com/nutrition/13-anti-inflammatory-foods
6) https://www.healthline.com/nutrition/heard-healthy-foods

Pinterestda baham ko'ring




Начало формы
Конец формы

j
Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling