Yonilg„i hamda qo„shimcha yoritgichlardan foydalanishga bo„ladigan xarajatlarni


Download 332.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi332.64 Kb.
#1581722
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)



yonilg„i hamda qo„shimcha yoritgichlardan foydalanishga bo„ladigan xarajatlarni 
kamaytirishga yaxshi sharoit yaratadi. 
Himoyalangan yer sabzavotchiligi tarmog„ini muvaffaqiyatli ishlashi uchun 
himoyalangan yer ishootlaridan foydalanish tizimini, ularda mikroiqlim sharoitini 
yaratish va sozlash usullarini, himoyalangan yerda o„stiriladigan sabzavot ekinlari 
biologik asos-larini, mineral oziqlar bilan oziqlantirish xususiyatlarini, ko„chat va 
o„simliklarni mahs-ulot uchun yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini 
biladigan ishonchli, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta‟minlanishi kerak. 
Bakalavrlar tayyorlashda bunday bilimlarni olishi uchun 5411700 – Issiqxona 
xo„jaligini tashkil etish va yuritish yo„nalishi “Bakalavrlarni zaruriy tayyorgarlik 
darajasi va maz-muni talablari” hamda o„quv rejasida “Himoyalangan yer 
sabzavotchiligi” o„quv fanini o„qitish Davlat ta‟lim standartida rejalashtirilgan. 
O„quv fanining namunaviy dasturida bakalavriatni bitiruvchilarni mamlakatimizda 
eng ko„p tarqalgan himoyalangan yer inshootlari tuzilishi asosiy xususiyatlari, 
sabzavot ekinlarini tuproq aralashmasida, kichik hajmli sharoitda o„stirish 
xususiyatlari, gidroponikani turli xillarida, tuproq va sun‟iy substratlar 
xususiyatlari to„g„risida nazariy va amaliy bilimi bo„lishlari bilan qurolantirish 
nazarda tutilgan. Shuningdek himoyalangan yerda sabzavot ekinlarini yetishtirish 
usullari, ekinlar aylanishini tuzish tartibi, ochiq va himoyalangan yer uchun 
ko„chat yetishtirish texnologiyasi, asosiy sabzavot ekinlari mahsulotini issiqxona 
va vaqtincha himoyalangan plyonka ostida yetishtirish texnologiyalari to„g„risida 
bilim berish nazarda tutilgan. 
Bunday bilimni olish uchun informasion manbaa va o„quv-uslubiy ma‟limot zarur. 
Buni ushbu dasrlik ma‟lum darajada badaradi. 
Darslikda o„quv fanining har bir bo„limini nazariy jihatdan tutgan o„rni va olgan 
bilimlarini aniqlash bo„yicha o„zini o„zi tekshirish savollar keltirilgan. 
Darslik nafaqat 5411700 – issiqxona xo„jaligini tashkil etish va boshqarish 
yo„nalishidagi bakalavrlarga, balki boshqa yo„nalishdagi bakalavriat talabalari, 
shuningdek nomavsumiy davrda sabzavot yetishtiradigan fermer xo„jaliklari, 
dehqon xo„jaligi va tomorqa xo„jaligi egalari uchun ham foydalidir. 

Download 332.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling