Yonish jarayoning turlarini va yonishda yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganish mundarija


Yong’inlarning kelib chiqish sabablari va ularning turlari


Download 300.55 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi300.55 Kb.
#1161898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yong\'in kurs ishi

Yong’inlarning kelib chiqish sabablari va ularning turlari
Yong’in - nazorat qilib bo’lmaydigan hodisa bo’lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo’q qiluvchi ofat, ayniqsa fuqarolarni joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.
Yong’in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo’ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Yong’inning kelib chiqishi uchun 3 omilning bir vaqtning o’zida bir joyda bo’lishi kifoya.
- yonuvchan modda (neft, qog'oz, yog'och va boshqalar);
- havo harorati (issiqlik);
- uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Yonish xususiyatiga qarab – gomogen va geterogen bo’lishi mumkin.
Gomogen yonishda yonuvchi moddalar bir xil agregat xolatida
bo’ladi.
Geterogen yonish qattiq va suyuq moddalarning yonishi.
Yonish alanganing tarqalish tezligi va uning parametriga bog’langan holda deflagrasion (10 m/s gacha), portlovchi (100m/s) va detonasion (1000m/s) bo’ladi. Yong’in asosan deflagrasion xolatda o’tadi.
Yonish jarаyonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish
mumkin:
-chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o’chishi.
Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlanishining imkoniyati yo’q;
-qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;
-alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi;
-o’z-o’zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda
ro’y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan
qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi;
-o’z-o’zidan alangalanish o’z-o’zidan yonishning alanga bi-lan
davom etishi;
-portlash-o’ta tez yonish kimyoviy jarаyonining bosim va
energiya hosil qilish bilan o’tishi.
Xalq xo'jaligida yong'in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- chekish paytida yong'inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqaJar. Bunday yong'in umumiy yong'inning 26% ini tashkiJ qiladi;
- bolalarning o't bilan o'ynashi - 14 %;
- elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida -- 13,5%;
- pechka va tutun quvurlarining noto'g'ri o'rnatilishi oqibatida -8,5%;
- isitgich jihozlaridan noto'g'ri foydalanishda - 8,3%;
- elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5%;
- payvandlash ishlarini bajarishda yong'in xavfsizlik qoidalarining buzilishi -2,3%;

- texnologik jihozlami boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2% ni tashkil etadi.


Yong’inning kelib chiqish sabablari:



1

Ijtimoiy

Inson olov va yengil alangalanuvchi buyumlardan noto’g’ri ravishda foydalanganda.

2

Texnologik

Mashina va uskunalarning nosozligi, ishdan chiqishi, material va moddalarning qayta ishlash texnonologiyalarining takomillashtirilmaganida.

3

Tabiiy

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar sababli.

4

Boshqa vaziyatlar

Ta’lim, tarbiya va turli sinov ishlarini yetarlichi olib borilmaganligida.

Yong’in va portlashlarning sabablari:


- yong’in xavfsizligiga rioya qilmaslik;
-fuqaroning loqaydligi va e’tiborsizligi;
-elektr simlarning nosozligi;
-gaz, ko’mir, o’tin bilan isitiladigan vositalar;
-bolalarni o’t bilan o’ynashlari;
-qastdan o’t qo’yishlar.
Yong'inning birinchi sababiga kichik yong'in manbalari turtki bo'lishi murnkin.
Bular:
-sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o'chirilmagan gugurt qoldiqlari;
-yuqori haroratli issiqlik manbalari;
-pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari
va boshqalar bo'lishi mumkin.
Yong'in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo'ladi:
ochiq alanga va uchqunlar;
havo va predmetlardagi yuqori harorat;
yong'indan paydo bo'lgan o'tkir zararli mahsulotlar;
tutun;
kislorod miqdorining pasayishi;
bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi;
portlashlar sodir bo'lishi;
yong'in bo'lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi;
va hoshqalar.
Ma'lumotlarga ko'ra, yong'indan nobud bo'lganlarning 60-80% i nafas olish yo'llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo'lar ekan.

Yong’in sodir bo’ladigan joylar 2 guruhga bo’linadi: davlat tashkilotlari; fuqarolarni yashash joylari.


Yong’inlar yonish usuli, yonayotgan materiallar, issiqlik almashinish sharti, yong’in maydoni va masshtabi bilan farq qiladi.

Download 300.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling