Yonish jarayoning turlarini va yonishda yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganish mundarija
Download 300.55 Kb.
|
Yong\'in kurs ishi
Zanjirli alangalanish.
Yonish jarayonining vujudga kelishi deyarili ilg’ab bo’lmaydigan reaksiyaning, o’t olish yoki portlash ko’rinishida jadal rivojlanishiga birdaniga o’tishini tayyorlaydigan jarayonlarning astalik bilan rivojlanishi kuzatiladigan va induksion davr deb ataladigan davr asos soladi. Agar shu davr ichida reaksiyaning o’z-o’zidan tezlanishi va uning portlashiga aylanishini ta’minlaydigan faol markazlarning istiqboli jamg’arilishi sodir bo’lsa, bunday xolatda zanjirli alangalanish yoki jamg’arilishi sodir bo’lsa, zanjirli portlash xodisasi o’rinli bo’ladi. Agarda shu davr ichida reaksiyani o’z-o’zidan tezlashishi va gaz tizimining istiqbolli qizdirlishi bilan kuzatiladigan reaksiyaning tezlanishini ta’minlaydigan termik aktivatsiya jarayoni muxim rol o’ynasa, u xolda bunday xodisa issiqlik alangalanishi yoki issiqlik portlash deb ataladi. Shaxobchalangan reaksiya kechishining xarakteri, shaxobchalanish va zanjirlar uzilishi tezliklarning nisbati bilan aniqlanadi. Reaksiyaning tezligi jarayonda qatnashayotgan faol markazlarning kontsentratsiyasiga proporsional bo’ladi. Faol markazlarning kontsentratsiyasining o’zgarish tezligi quyidagi nisbat bilan ko’rsatilishi mumkin: bu yerda n-faol markazning xaqiqiy kontsentratsiyasi. W0-vaqt birligida vujudga keladigan faol markazlarning boshlang’ich soni f- zanjirlarning shoxobchalanish tezligining doyimiysi. g- zanjirlar uzilishining konstantasi (doyimiysi) fn,gn- zanjirlarning shoxobchalanish va uzilishi jarayonlarining tezliklari. f-g=φ- zanjirlarni xaqiqiy shoxobchalanish tezligining konstantasi (doimiysi). τ=0 va n=0 boshlang‘ich shartlar bilan ushbu tenglamani integrallasak, faol markazlarning xaqiqiy kontsentratsiyasi soni uchun quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz. Agar xar bir faol markazidan xosil bo’layotgan oxirgi maxsulot molekulalar sonini «a» deb belgilasak, zanjirli reaksiyaning tezligi quyidagiga teng bo’ladi: Konstanta φ ning ishorasi reaksiyaning borishini aniqlaydi. f>>g, φ>0 bo'lganda zanjirlarning shoxobchalanish tezligi eksponentsial bog’lanishda o’sib boradi. Shaxobchalangan zanjirli reaktsiyalar uchun kuzatilishi mumkin bulgan eng kichik tezlik W1 boshlang’ich faol markazlar vujudga kelishi tezligidan (W0 dan ) katta bo’ladi. Shuning uchun bu tezlikga mos keluvchi induktsiya davri eφτ ning qiymatining birdan ancha katta bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun bundan nisbat issiqlik ko’rinishda o’tadi. Lopital qoidasiga asoslanib bu nisbatning surat va maxrajini aloxida- aloxida diferentsiallasak ya’ni W ning τ ag bog’liqligi chiziqli xarakterga ega. Agar f Reaksiya tezligining φ ga bog’liqligi ko’rib chiqilganda shu narsa ma’lum bo’ldiki φ=0 to’g’ri chizig’i vujudga kelyotgan va uzilayotgan zanjirlar soni bir biriga teng bo’lgan oraliq xolatini egallaydi. Ushbu shartga mos keladigan xarorat kritik xaroratdir, ya’ni o’z-o’zidan alangalanish xarorati. Ushbu xaroratdan past xaroratlarda zanjirlarning uzilishi ko’payib zanjirning shaxobchalanishi kamayib ketadi va zanjirli portlash bo’lishi mumkin emas. Yuqoriroq xaroratlarda shaxobchalar soni uzilishlar sonidan ko’p bo’ladi. Reaksiya o’z-o’zidan tezlashadi va zanjirli alangalanish sodir bo’ladi. 0> Download 300.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling