Alanganing gazli aralashmalarda tarqalishi.
Harakatsiz sovuq gaz-xavo aralashmasi, begona manba yordamida alangalantirilganda, uning sirti yaqinida yupqa qatlam tarzida yonish doirasi paydo bo’ladi, unda kimyoviy reakqsiya kechadi. Yonish doirasi va yaqinidagi xarorat farqi mavjudligi natijasida, issiqlik o’tkazuvchanlik xisobiga yonish natijasida ajralib chiqqan issiqlik boshqqa qatlamlarga isishi va alangalanishi ta’minlanadi. Shunday qilib, yonish doirasi perpendikulyar yo’nalishida ma’lum cheklangan tezlik bilan aralashmaning yangi gaz-xavo aralashmali sirti tomon tarkqaladi va aralashma to’liq yondiriladi.
Harakatsiz gaz-xavo aralashmasida molekulyar issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan issiqlikning yonish doirasidan yangi qatlamlarga o’tishi natijasida alanga frontining tarqalishi alanganing normal tarqalishi yoki normal yonishi deb ataladi.
Normal yonishi jarayonida alanganing alangalanmagan aralashma nisbatan normal va front sirtiga tomon yo’nalishida tarqalish tezligi alanga tarqalishning normal tezligi deyiladi. Alanga tarqalishining normal tezligini alanganing birlik yuzasida vaqt birligida yongan yonuvchan aralashma miqdori bilan ifodalash mumkin.
Normal tezlikning aralashma zichligiga ko’paytmasi alanga tarqalishining massa tezligi deyiladi.
Harakatsiz gaz-havo aralashmasining quvurcha ichida yondirilganda xarorat o’zgarishining xarakteri boshlang’ich aralashma xarorati T0 dan T alan gacha ko’tarilgan, aralashma alangalanadi, faqat T1 alan xaroratgacha sekinlashgan kimyoviy reaktsiya kechadi, ya’ni induktsion davr. T0 va T1 xaroratlari bilan chegaralangan doira issiqlik tayyorlash doirasi. Δtayyo deyiladi. Yonish jarayonining asosiy qismi T1 alan va T yon xaroratlari bilan chegaralangan alanganing tor doirasi δr da kechadi va tugaydi. Reaksiya asosan T≈Tyon bo’lganda kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |