Yoqilg'i energetika majmuasi reja


Neftni qayta ishlash sanoati


Download 150 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi150 Kb.
#1528485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YOQILG\'I ENERGETIKA MAJMUASI

Neftni qayta ishlash sanoati soxasida Oltiariq, Farg’ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilg’i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo’yicha 30 dan ortiq tehnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yo’nalishida. Ko’kdumaloq neftgaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1993 yildan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi va bir yilda 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan 1-navbati 1997 yil avgustida ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan B-92 aviabenzini), dizel yonilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qo’shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, tehnik propan va boshqalar), mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o’zlashtirish dasturiga muvofiq yangi tehnologiyalar o’zlashtirilmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz neft sanoati korxonalari quvvatlari bir yilda 11 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Neft va gaz qazib olish xajmining o’sishi:


1960

1970

1980

1990

1995

1997

2006

Neft (gaz kondensati b-n birga), ming t.

1603

1805,3

1329,4

2810

7600

7900

5448

Gaz mln.m.kub

446,6

32094

34840

40761

4860

5120

56300

Keyingi yillarda qurilgan keskin tadbirlar natijasida neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish xajmi yuqori sur’atlarga o’sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling