Yoqilg’i Reja
Kerosin issiqlik generatorlarida, quritgichlarda hamda ro’zg’or ehtiyojlarida yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Dizel yoqilg’isi
Download 19.81 Kb.
|
Yoqilg’i va uning xossalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’txona mazuti
- Yonish jarayonlari hisobi Yoqilg’i yonishi uchun kerak bo’ladigan havo miqdori.
Kerosin issiqlik generatorlarida, quritgichlarda hamda ro’zg’or ehtiyojlarida yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Dizel yoqilg’isi katta aylanish sonli dizellarda qo’llanilish sharoitiga bog’liq holda uchta: L-yozgi, Z-qishki va A-arktika markada ishlab chiqiladi. O’rtacha va kichik aylanish chastotali dizellar uchun dizelg’ yoqilg’isi ikki-DT va DM markalarda ishlab chiqiladi. Dizel yoqilg’ilari quyi yonish issiqligi 42600 kJ/kg atrofida bo’ladi. O’txona mazuti. Qozonxona yoqilg’isi sifatida o’txona mazutlari ishlatiladi, mazutlar neftni, yonuvchi slanetslarni, toshko’mirlarni qayta ishlash mahsuloti bo’ladi. O’txona mazutlaridan neftdan kelib chiqadigani ko’proq kengroq qo’llaniladi. Mazutning asosiy sifat ko’rsatkichi quyushqoqligi bo’lib, u mazutni markirovkalash asosiga qo’yilgan. Yonish jarayonlari hisobi Yoqilg’i yonishi uchun kerak bo’ladigan havo miqdori. 1 kg qattiq yoki suyuq yoqilg’i yonishi uchun kerak bo’ladigan nazariy kislorod miqdori yoqilg’i tarkibiga kiradigan elementlar oksidlanishi reaktsiyasi uchun stexiometrik nisbatlar asosida hisoblanadi. 1 kg yoqilg’i yonishi uchun talab qilinadigan kislorod miqdori Lyoq (kg) Lyoq = (8/3Si + 8Ni + Si uch - Oi) / 100 , bunda Si, Ni, Si, Oi – yoqilg’idagi elementlar tarkibining massaviy foizlari. Faraz qilinadiki yoqilg’i tarkibidagi kislorod yonishda to’liq sarf qilinadi. Yoqilg’ini yoqishda toza kislorod emas, balki havo kiritiladi, qaysiki tarkibiga massa bo’yicha 23,2 % kislorod kiradi. U holda 1 kg yoqilg’ini to’liq yonishi uchun nazariy kerak bo’ladigan havo miqdori Lo (kg), Lo = (8/3Si + 8Ni + Siuch - Oi) / 23,2 , Agar havo miqdorini hajmiy birliklarda ifodalash kerak bo’lsa, (13.10) tenglamani normal sharoitlar uchun havo zichligiga (harorat O oS, bosim 101,3 k’a da zichlik 1,293 kg/m3 ga teng) bo’linadi. U holda kerak bo’ladigan nazariy havo miqdori (m3) quyidagi ko’rinishda ifodalanadi: Lo = (8/3Si + 8Ni + Siuch - Oi) / (23,2·1,293) = (8/3Si + 8Ni + Siuch - Oi) / 30 Gaz yoqilg’i yonishi uchun kerak bo’ladigan nazariy havo miqdorini hajmiy tarkib bo’yicha aniqlanadi: Lo = (0,5(SO + N2)) + (n +m / 4)CnHm – O2 / 21, bunda n - uglerod atomlari soni; m - vodorod atomlari soni; 21 – havo-dagi kislorodning hajmiy tarkibi. Yoqilg’ining yonishi uchun real sharoitlarda haqiqiy havo miqdori odatda nazariyga nisbatan biroz ko’p. Yoqilg’i yonishi uchun sarflanadigan haqiqiy havo miqdorining nazariy kerak bo’ladigan miqdoriga nisbati ortiqcha havo koeffitsienti (α) deyiladi, yahni α = Lh.h / Lo , bundan Lh.h = α Lo. Ortiqcha havo koeffitsienti kattaligi ishlatiladigan yoqilg’i turiga, uni yoqish sharoitiga, o’txona uskunasi yoki dvigatel konstruktsiyasiga bog’liq (α = 1,05....1,06). O’txona, dvigatel yoki yonish uskunasi qanchalik takomil-lashgan bo’lsa, ortiqcha havo shunchalik kam bo’ladi. Agar yonish jarayoni ancha ‘ast ortiqcha havo koeffitsienti bilan kechsa, shunchalik uning qiymati o’timal, lekin yoqilg’i sarfi oshganligi uning to’liq bo’lmagan yonishi hisobiga bo’lishi kuzatiladi. α ning ortiqcha qiymatlarida ortiqcha havoni qizdirishga issiqlik yo’qolishlari kuzatila-di. Download 19.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling