Yoqilg‘ini tasniflash
Download 112.45 Kb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqilg‘ini tasniflash.
- Yoqilg‘iga qo‘yiladigan talablar;
- C,N,O,N,S
4-mavzu. Issiqlik olish usullari va sanoatda issiqlik energiyasi. Reja: 1. Yoqilg’ini tasniflash, yoqilg’ilarga qo’yildaigan talablar. 2. Yoqilg’ining yonish issiqligi, shartli yoqilg’i, yonish jarayonining nazariyasi, yoqilg’i yonish jarayonining hisobi. Yoqilg‘ini tasniflash. Yoqilg‘i deb - sanoatda foydalanish uchun qurilmalarda yoqilishi mumkin bo‘lgan yonuvchi moddalarga aytiladi. Yoqilg‘ilar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy yoqilg‘i organik va noorganik turlarga bo‘linadi. Ishlatilish turiga qarab energetik va texnalogik turga bo‘linadi. Energetik yoqilg‘ilar - qurilmalarda issiqlik va elektr energiyasini olish uchun ishlatiladi. Texnalogik yoqilg‘i - o‘choqlarda, quritgichlarda ishlatilib, xamda ularni kimyoviy qayta ishlatib sun’iy yoqilg‘i turi yani, koks, yarimkoks va generator gazlari olinadi. Atom energiyasidan xam foydalaniladi 235U, 238U, 239Ru Yoqilg‘iga qo‘yiladigan talablar; -yoqilg‘i yonganda massa va xajm birligida ko‘p issiqlik ajratib chikarishi; -atrof muxitga yoki issiqlik qurilmasi konstruksiyasi materiallarga tasir etadigan noxush gazlarini chiqarmasligi; -yoqilg‘i arzon bo‘lib uzoq vaqt saqlanganda o‘zining xususiyatini o‘zgartirmasligi kerak. Yoqilg‘i agregat xolatiga qarab qattiq, suyuq, gazsimon bo‘ladi. Yoqilg‘i yonuvchan va yonmaydigan qismlardan tashkil topadi. Yonuvchi qismga C,N,O,N,S kiradi. Yonmaydigan qismga namlik w va kul (A) kiradi. Qattiq yoqilg‘ining aloxida tarkibiy qismi uning masssiga nisbatan foizda xisoblanadi. Gazsimon yoqilg‘ining tarkibi uning xajmiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Yoqilg‘ining issiqlik berish qobiliyati deb - 1kg qattiq yoki suyuq va 1m3 gazsimon modda yonganda ajraladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.Turli yoqilg‘ilarni sarfini taqqoslash uchun shartli yoqilg‘i degan tushuncha kiritilgan. Shartli yoqilg‘i deb - solishtirma issiqlik berish qobilyati qshartli = 29,33 Mdj (7000 kkal/kg) bo‘lgan yoqilg‘iga aytiladi. Qattiq yoqilg‘i - qatoriga yog‘och, shaffof, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit, briketlar,. koks kiradi. Suyuq yoqilg‘iga - neft va mazut kiradi. Gazga - tabiiy gaz kiradi. Download 112.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling