Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Savol va topshiriqlar: 
1. Turkiy tillarning shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichlari xususida 
nimalarni bilasiz? 
2. Turkiy tillar oilasiga qaysi tillar kiradi? 
3.Turkiy tillar oilasiga mansub tillarning eng muhim lingvistik 
xususiyatlarini aytib bering. 
4. Turkiy tillar oilasida o’zbek tilining tutgan o’rni va unga xos jihatlar 
haqida ma’lumot bering. 
5. Turkiy tillar lug`at tarkibidagi umumturkiy so’zlar va ularning mavzuiy 
guruhlari bo’yicha nimalarni bilasiz? 
6. Mustaqillik davrida o’zbek tilining ijtimoiy-siyosiy mavqei va obro’yi 
darajasini ko’tarish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? 
O‘ZBEK ADABIY TILINING SHAKLLANISHIDA BOSHQA 
TIZIMDAGI TILLARNING O‘RNI 
 
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r:
1. Tarixda o’zbek tili aloqada bo’lgan boshqa til oilasiga mansub tillar. 
2. O’zbek tili, xususan, uning leksik tarkibiga kuchli ta’sir etgan boshqa 
til oilasiga mansub tillar. 
3. O’zbek adabiy tilining shakllanishida fors va tojik tillarining ishtiroki. 


4. O’zbek adabiy tili taraqqiyotida arab tilining o’rni. 
5. O’zbek adabiy tiliga rus tilining ta’siri. 
O’zbek tili tarixiga nazar solinsa, u murakkab shakllanish va rivojlanish 
bosqichlarini bosib o’tganligiga guvoh bo’lish mumkin. O’zbek tili o’tmishda 
bir qator qardosh bo’lmagan, boshqa til oilasiga mansub tillar bilan ma’lum 
ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra o’zaro aloqada bo’lgan. Mazkur aloqaning 
ta’sir darajasi va sifatiy ko’rinishi boshqa tizimdagi tillarning har biri bilan 
turlicha. O’zbek tili aloqada bo’lgan ba’zi boshqa tillar unga, xususan, uning 
leksik tarkibining o’zgarishiga kuchli ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, ayrimlarining esa 
ta’siri sezilarli emas. Shu nuqtai nazardan, o’zbek tili aloqada bo’lgan boshqa til 
oilasiga mansub tillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. O’zbek tili, xususan, uning leksik tarkibiga kuchli ta’sir etgan boshqa til 
oilasiga mansub tillar. Bular fors, arab va rus tillaridir. Mazkur tillardan 
o’zlashgan so’zlar miqdori ancha ko’p bo’lib, ular o’zbek tili leksikasida 
alohida-alohida lug`aviy qatlamni tashkil etadi.
2. O’zbek tili leksikasida sezilarli iz qoldirmagan boshqa til oilasiga 
mansub tillar. Xitoy, hind, grek tillari kabilarni shunday tillar jumlasiga kiritish 
mumkin. O’zbek tiliga mazkur tillardan sanoqli so’zlargina o’zlashtirilgan 
bo’lib, ular alohida lug`aviy qatlamni tashkil etmaydi
1

O’zbek tilida kam uchraydigan bu kabi so’zlar jumlasiga hind tilidan 
o’zlashgan lak (yuz ming), nilufar, bibi, tovus, mo’ltoni (lo’li); xitoy tilidan 
o’zlashgan choy, lag`mon, shiypon, jambul; mo’g`ul tiliga tegishli ulus (xalq), 
mergan, ko’ragan (xon kuyovi); qadimgi yunon tilidan arab tili orqali 
o’zlashgan marvarid, nomus, fonus, qandil, qonun, zumrad, qaysar kabilarni 
aytib o’tish mumkin. 
1
Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Т.: Фан‚ 1985. –Б. 107.


O’zbek tilshunosligida yaratilgan tadqiqotlarda boshqa til oilasiga mansub 
tillardan o’zlashgan so’zlar, asosan, uch guruhga, ya’ni forsiy, arabiy va ruscha-
evropacha so’zlarga ajratilib tadqiq etiladi
1
.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling