Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
bug`doy, yurt, men, el, so’z, bir, ish, er, kishi, tuproq, qari, qul, oq, to’g`ri, yo’l,
og`iz, yangi, oy, qosh, ko’rk, boy, it, ko’ngul, oltin, tosh kabilar kiradi. Bu kabi leksik birliklar hozirgi o’zbek adabiy tilida faol qo’llanadi va ularning mazmunini izohlarsiz to’liq tushunish mumkin. Misol: Sindirur bo’lsa urib oltin qadahni katta tosh, Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning. Baytdagi may ichiladigan idish, jom ma’nosini ifodalagan arabiy qadah, narx, qiymat mazmunida qo’llangan forsiy baho va shu so’zning sinonimi arabiy qiymat so’zlaridan boshqa barcha lug`aviy birliklar umumturkiydir. Bu shoir asarlarida umumturkiy so’zlar muhim o’rin tutishi va salmoqli miqdorni tashkil etishi to’g`risida bildirilgan fikrni dalillaydi. Sayfi Saroyi asari tilida umumturkiy er so’zi juda ko’p o’rinda qo’llangan. E’tiborli tomoni shundaki, shoir er so’zini erkak jinsiga mansub kishi ma’nosidan ko’ra, ko’proq kishi, kimsa, odam, inson ma’nolarida qo’llaydi. Misol: Yomong`a eyguluk qil, ey saxiy er, Saodat eygularga bo’ldi yo’ldosh. Mazmuni: ey, saxiy inson, yomonga yomonlik qilma, aksincha, yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar, yomon kishilarga ezguliklar qil, chunki ezgulik qilgan kishiga saodat har doim yo’ldosh bo’ladi, bunday kishi baxtli bo’ladi. Anglashiladiki, baytdagi umumturkiy er so’zi inson, kishi ma’nosida qo’llangan. Asar tilida qadimgi turkiy so’zlar ham ancha ko’p miqdorda uchraydi. Ular jumlasiga yozuq (gunoh, ayb), ev (uy), yo’qsul (kambag`al, qashshoq), kimarsa (kimsa, kishi), qatinda (yonida, qoshida), ayoq (qadah, kosa, jom), al (qo’l), dag`i // dog`i (yana, tag`in, ham, hamda), tamug` (do’zax, jahannam; o’t, olov), bo’yla (bunday, bunaqa, bu xil, bu kabi, shunchalik), erdam (fazilat, qudrat), kunash (quyosh), eygu (ezgu), degul (emas), biyik (buyuk, ulug`; baland, yuksak, oliy), tekma (har bir, har qaysi), sog` (o’ng tomon), sufra (dasturxon), bikin (kabi, singari, o’xshash), o’tmak (non), bilik (bilim, aql) kabilarni aytib o’tish mumkin. Mazkur so’zlar shoir yashagan davrda faol iste’molda bo’lgan, o’zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyot bosqichlarida esa ular turli sababalarga ko’ra adabiy til tarkibidan chiqqan. Lekin ularning ma’lum qismi turkiy til va shevalarda qo’llanishda davom etmoqda. Ayonki, qadimgi turkiy tilda alchaq//alchoq so’zining yumshoq tabiatli, yoqimtoy, kamtar ma’nosida ifodalanishini Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida izohlagan. Mazkur so’z «Gulistoni bit-turkiy» asarida ham shu ma’noda kelgan: Er kerak ko’ngli kinadan xoli, O’zi alchoqu himmati oliy. Ushbu so’z o’zbek tilining o’g`uz shevalari va qirg`iz tilida alchaq, turkman tilida alchak, turk va ozar tilida aljak tarzida ifodalanadi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur so’z hozirda ayrim til va shevalarda ijobiy, ba’zi til va shevalarda esa salbiy ma’noda qo’llaniladi. Masalan, o’zbek tilining o’g`uz shevalarida chaqqon, qobiliyatli, uddaburo; qirg`iz tilida yuvosh; turkman tilida odobli, yumshoq tabiatli kabi ijobiy ma’noni anglatsa, turk va ozar tilida past, razil, qabih kabi salbiy ma’nolarni bildiradi. Izoh sifatida aytish mumkinki, ushbu so’z hozirgi o’zbek adabiy tilida o’taketgan razil, past; yovuz, nomard, xoin kabi ma’nolarda qo’llaniladi. «Gulistoni bit-turkiy» asari tilida o’g`uz tillari va shevalariga xos ayrim xususiyatlar aks etgan. Bunga misol sifatida jo’nalish kelishigining -na shaklida (bo’yina, yuzina kabi), ko’p so’zining cho’q, ilon so’zining yilon, bo’l fe’lining Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling