Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

og`u (zahar), ug`ur (baxt, qut), ug`urli (baxtli, qutli, davlatli), osig` (foyda, 
manfaat, bahra), tamug` (do’zax, jahannam), uchmoh (jannat), yozug` (gunoh, 
ayb), qapug`chi (eshik og`asi; eshik‚ darvoza soqchilarining boshlig`i)‚ asru 
(juda ko’p, benihoya, g`oyat, talay), arig` (sof, toza, pokiza, musaffo), bilik 
(ilm, aql, ma’rifat, bilim), o’ksuz (etim), puchmoq (burchak, kunj, go’sha), 
qamuq (barcha, hamma, jami), yog`lig` (ro’mol, ro’molcha), ayoq (qadah, kosa, 
piyola)‚ qo’noq (mehmon), to’nak (qamoqxona, zindon), oshliq (bug`doy, 
egulik), ilik (qo’l), o’rtuk (parda, to’siq), oshliq (ovqat; bug`doy), ochun (dunyo, 
olam), daqi (yana, tag`in)usruk (mast, sarxush)‚ ev (uy), qapu (eshik, darvoza) 
kabilarni aytib o’tish mumkin. 
Aytilganidek, Alisher Navoiy asarlari tilida ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid 
so’zlar juda ko’p miqdorda uchraydi. Masalan, uning badiiy asarlari tilida muzika san’ati 
sohasiga oid quyidagi leksik birliklar ishlatilgan: 
1. Muzika asboblarining nomi: ko’raga (surnay)¸ ko’s (katta nog`ora¸ 
podsho qasrida chalinadigan katta nog`ora)¸ qonun (bir turli muzika asbobi)¸ 
arg`anun (bir turli cholg`u asbobi; organ)¸ barbat (o’rdak shaklida yasalgan 
qadimgi cholg`u asbobi)¸ yorod (bir turli cholg`u asbobi)¸ yotug`on (bir turli 
cholg`u asbobi)¸ musiqor (bir xil cholg`u asbobi)¸ nay¸ sur (karnay)¸ naqqora 
(nog`ora)¸ soz (muzika quroli¸ cholg`u)¸ tanbur¸ tanbura (tanburning kichik bir 
turi)¸ chang (bosh tomoni egik cholg`u asbobi) va boshq. 
2. Kuy nomlari: arg`ushtak (musiqiy bir usul¸ o’yin)¸ bam (musiqada yuqori 
to’liq sado; bas ― zerning zidi)¸ dovudi (muzikada bir kuyning nomi)¸ egdi g`izol 
(muzikada asosiy kuylardan biri)¸ nag`ma (ohang¸ kuy¸ maqom)¸ rost (muzika 
kuylaridan biri)¸ safir (nay ovozi)¸ maqom¸ naqsh (kuy¸ ashula)¸ tajnis (muzikada 
eng og`ir va murakkab kuylardan biri)¸ talolo (ashula¸ ohang¸ kuy)¸ tarona 
(ashula¸ ohang¸ maqom)¸ chorgoh (o’zbek mumtoz shashmaqom kuylaridan 


birining nomi)¸ chorzarb (o’zbek musiqiy kuyining nomi)¸ pahlaviy lahn (pahlaviy 
kuyi) va h.k. 
3. Muzika san’ati bilan shug`ullanuvchilar nomi: yotug`onchi (bir turli 
cholg`u asbobi yotug`onni choluvchi¸ muzikachi)¸ nag`mazan (kuylovchi¸ 
xonanda¸ sozanda)¸ nag`makash (soz chaluvchi¸ cholg`uchi)¸ nag`mapardoz 
(kuylovchi¸ xonanda¸ sozanda)¸ nag`masaroy (ashula aytuvchi¸ cholg`uchi)¸ 
san’atkor¸ romishiy (kuylovchi¸ cholg`uchi)¸ sozanda (cholg`uvchi)¸ ko’szan 
(nog`ora chaluvchi)¸ mug`anniy (ashulachi¸ sozanda¸ cholg`uchi)¸ navogo’ 
(ashulachi¸ kuychi)¸ navozanda (navo qiluvchi¸ kuylovchi)¸ navosoz (kuylovchi¸ 
ashula aytuvchi¸ cholg`u chaluvchi)¸ tarannumgar (cholg`uchi¸ sozanda¸ 
kuylovchi¸ ashulachi)¸ xunyogar (sozanda¸ ashulachi)¸ xushnavo (xushovoz¸ 
yaxshi kuylovchi)¸ xushnavoz (yaxshi cholg`uchi¸ usta sozanda)¸ chargar 
(cholg`uchi¸ ashulachi) va boshq. 
Ma’lumki¸ umumturkiy ko’k so’zi omonim bo’lib¸ u quyidagi ma’nolarni 
bildiradi: ko’k I osmon¸ ko’k rang; ko’k II 1. Tovushlar mosligi¸ ohang¸ soz. 2. 
Muzikada ohang¸ kuy. Alisher Navoiy ko’k so’zini muzikada ohang¸ kuy 
ma’nolarida ham qo’llaydi: Lojuvarddin ranga ko’rmagan ko’kin tuzmak va ul 
ko’kta range ko’rguzmak. Qadimgi turkiy ko’raga so’zi ham omonim bo’lib¸ u 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling