Elektr ta’minoti tizimlarida elektr stansiyalar va podstansiyalarni modellashtirish asosida loyihalashtirish bilan ko‘plab chet ellik va vatandosh olimlar shug‘ullanganlar. Vatandosh olimlardan: Toshpo‘latov N.T, Raxmatjonov A.D
2
TADQIQOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Tadqiqotning maqsadi: Elektr ta’minoti tizimlarida elektr stansiyalar va podstansiyalarni modellashtirish asosida loyihalashtirish bilan Respublika ishlab chiqarish ob’ektlarining elektr ta’minoti tizimlarini yaxshilashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
-Ishlab chiqarish ob’ektlarida elektr ta’minoti tizimlarini tahlil qilish;
-Ishlab chiqarish ob’ektlarida elektr ta’minoti va loyihalashtirishning ahamiyati va o’rni;
-Qurilishi rejalashtirilgan elektr stansiya va podstansiyalarni texnik-iqtisodiy asoslash;
-Elektr stansiya va podstansiyalarni modellashtirishdagi zamonaviy texnologiyalar asosida samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash;
3
ELEKTR STANSIYALAR VA PODSTANSIYALARNI MODELLASHTIRISH ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH SOHASIDA O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi bilan elektr energiyasiga bo’lgan talab ortib bormoqda, prognozlarga ko’ra, 2030-yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasiga bo’lgan yillik ehtiyoj 20 mln kVt*soatni tashkil etadi. Rivojlanish energiya talab qiladi. Va qanchalik arzon bo’lsa, shuncha yaxshi. Shu munosabat bilan bugundan mamlakat energetika tizimini isloh qilishga kirishish zarur, ertaga kech bo’lishi mumkin. Sohadagi korxonalarni modernizatsiya qilish, mahsulot tannarxini pasaytirish va bu boradagi samaradorlikni oshirish dolzarb vazifalardandir. So’nggi yillarda mamlakatimiz elektr energetikasini isloh qilish va tarkibiy o’zgartirish ishlari boshlandi.Natijada energetika sohasiga bozor tamoyillarini joriy etish, raqobat muhitini yaratish uchun zamin yaratildi. Natijada bir yil davomida davlat-xususiy sheriklik doirasida sohaga 2 milliard AQSh dollari miqdorida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish, 2700 MVt quvvatga ega 6 ta yangi elektr stansiyasini qurish loyihalari ishga tushirildi. Lekin bu ish energetika sohasida bozor tamoyillarining to’liq tatbiq etilishini va tizimning barqaror ishlashini ta’minladi, deb bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |