Yordamchi so'z turkumi


Download 7.65 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi7.65 Kb.
#1622742
Bog'liq
Ochiq dard bayonnomasi... Dilfuza


30-maktabning ona tili va adabiyot fani
O’qituvchisi Ismoilova Dilfuzaxonning 7-sinfda
Ona tili fanidan "Yordamchi so'z turkumi" mavzusidagi 1-soatlik ochiq
dars tahlili

BAYONNOMASI


Tahlilda ishtirok etdilar: Sh. Yusupov, Ona tili va adabiyot o'qituvchilari Jalilova Qunduzoy, Dilnoza Abdurahimova, Rahmonova Sojida, tarix fani o'qituvchisi Yusupova Shohista.


Ko’rilgan masala:
7 - sinfda Ona tili fani bo’yich "Yordamchi so'z turkumi" mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab IBMI Shukurullo Yusupov so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi.U o’qituvchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e’tirof etdi:
Yutuqlari; Darsda o’quvchilar foalligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, texnika vositalari, jumladan kodoskopdan foydalanildi, vaqtdan unumli foydalanildi.
Maslahat: Kartochka yoki boshqa usullardan foydalanib ko’proq o’quvchilarni baholash mumkin edi,Kodoskop yoritilganligi etarli emas, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual shug’ullanish kerak.
Shukurullo Yusupov darsga umumiy holda yaxshi baho berishni taklif qildi.
Yig’ilishda boshqa o'qituvchilar ham dars to’g’risidagi o’z fikrlarini aytdilar.
Jumladan, Rahmonova Sojidaxon o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan biroz chetda qolganligi, buni natijasida o’quvchilarda darsda berilishi kerak bo’lgan BKM elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. U darsda erishilgan yutuqlar hususida to’xtalib zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina avzalliklarga ega: Masalan zamonoviy o’qitishning interfaol uslub metodlar foydalanishini takomillashtirish. Maktabimizning katta o'qituvchisi Abdurahimova Dilfuzaxon ham darsda bir qator yutuqlar va kamchiliklariga to’xtaldi.
Ular ham darsga Shukurullo Yusupov tomonidan qo’yilgan bahoni qo’llab quvvatlashlarini aytdilar.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qabul qildi:

QAROR




  1. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ismoilova Dilfuzaxon tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” baho bilan baholansin

  2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.

Yig’lish raisi : Sh. Yusupov




Kotibi: Q. Jalilova
Download 7.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling