Yordamchi so‘zlar


AMMO BOG‘LOVCHISINING QO‘LLANILISHI


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1212071
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-son 2015

AMMO BOG‘LOVCHISINING QO‘LLANILISHI 
O‘t agarchi tog‘ etagin kuydurgay, ammo quyosh 
axgarg‘a nechuk yeta olg‘ay?
Ammo yel agar ko‘kka yetsun, sabukbordur. 
Kishi mashaqqatni o‘z jism-u jonig‘a tajviz etar. 
Ammo ani yorig‘a taxayyul qila olmas.
Yel agarchi lola tojin uchurgay, ammo qiyo 
kamarig‘a neta olgay. 
(“Mahbub ul-qulub”dan)
6-o‘quvchi: Alisher Navoiy asalarida lekin  zidlov 
bog‘lovchisi lek, valek shakllarida faol qo‘llangan:
Kemasi lekin ul taraf ketti,
Ki, burun o‘g‘li kemasi yetti. 
Lek bir nukta bordur yashurun,
Ki, seni mundoq asrasoq necha kun. 
Mehr yodi bila ichib sog‘ar, 
Sola olmay vale yuziga nazar. 
(“Sab’ai sayyor”dan)
Har kishi yolg‘onni desa, lek kam, 
Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.
Yaxshidur avvalg‘isi xud begumon
Lek ikkinchisi ham ermas yomon. 
(“Hayrat ul-abror” dan) 
7-o‘quvchi: Alisher Navoiyning biz o‘rgangan asar-
larida agar ergashtiruvchi bog‘lovchisi garchi, gar, ba’zi 
o‘rinlarda esa -ar shaklida kelganining guvohi bo‘ldik:
Sen agar zohir etting itlikni,
Man sanga ko‘rguzay yigitlikni.
Garchi Nu’monga ko‘p yetishti nahib,
Lek to‘fondin o‘lmadi osiyb.
Sanga, ey dardmand-u ovora,
So‘z budurkim, gar aylabon chora.
Jobir ar zarb urur edi behad,
Barcha zarbin Suhayl etar edi rad.
(“Sab’ai sayyor”dan)
Tilki fasih va dilpazir bo‘lg‘ay – xo‘broq bo‘lg‘ay,
 agar ko‘ngul bila bir bo‘lg‘ay.
…nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning 
ofatidur. 
(“Mahbub ul-qulub”dan) 
8-o‘quvchi: Alisher Navoiyning biz o‘rgangan asar-
larida ayiruv, inkor bog‘lovchilarini deyarli uchratmadik. 
Xususan na….na inkor bog‘lovchisi asarda ne…ne 
shaklida qo‘llangan. Chunki ergashtiruvchi bog‘lovchisi 
ham nisbatan kam qo‘llangan.
Ikkisi chunki erdilar cholok
Bir-biridan alarg‘a yo‘q edi bok. 
Chunki qosid bitikni yetkurdi, 
Shoh Navdar qo‘lig‘a topshurdi. 
Qoldi Navdarg‘a chunki bir manzil,
Besha ichra murur edi mushkul.
Shavkatidin ne yor anga, ne rafi q,
Yolg‘izin aylar erdi qat’i tariq.
(“Sab’ai sayyor”dan) 
9-o‘quvchi: Guruh a’zolarimiz bilan Navoiy asar-
larida bog‘lovchilarning qo‘llanilishiga oid quyidagi xu-
losalarga keldik: 
1. Eski o‘zbek tilida, xususan, Alisher Navoiy asar-
larida biriktiruv bog‘lovchilaridan va, bilan (bila, birla, ila 
shakllarida) u, -yu, ham…ham faol qo‘llangan. Hamda 
bog‘lovchisi deyarli ishlatilmagan. 
2. Zidlov bog‘lovchilaridan ammo, lekin (lek, vale, 
valek shakllarida) ishlatilgan. Balki, biroq bog‘lovchilari 
nisbatan kam qo‘llangan. 
3. Ayiruv bog‘lovchilari deyarli ishlatilmagan. 
4. na….na inkor bog‘lovchisi ne…ne shaklida ish-
latilgan. 
5. Ergashtiruvchi bog‘lovchilardan, asosan, chunki, 
agar (gar, garchi, -ar shakllarda) so‘zlari qo‘llangan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling