Yoritilishi


www.scientificprogress.uz


Download 439.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi439.67 Kb.
#1150392
1   2   3   4   5
Bog'liq
xiva-xonligining-buxoro-va-qo-qon-xonligi-bilan-olib-borgan-o-zaro-savdo-aloqalarining-mahalliy-manbalarda-yoritilishi

www.scientificprogress.uz
 
Page 211
muhabbatnoma bilan Ho’qand viloyatiga irsol qildi
6
, 1260/1844 yili jumodilavval 
oyining 19 ida, juma kuni Ho’qandga ketgan elchilar, ya'ni Bobobek va 
Yaxshimurodbek mazkur viloyatning hukmroni Sheralixonning qo–ShFon elchisi 
Qorabosh dodxoh va yuborgan peshkashlarin kelturub, dargohi olam panoh... 
peshgohiga yetkurdilar. Rajab oyining 17 ida panjshanba kuni Buxoroga ketgan elchi 
Rahmonberdi oxundg’a Buxoro voliysi Amir Nasrullaning qo’ShFon elchisi Fathulla 
xoja sudur kelib, amirning yuborgan tuhafot va savg–otin mavqufi arzga yetkurdi. 
Sha'bon oyining salohida, juma kuni Eron mamolikining podshohi Muhammadshohning 
elchisi Shahsuvorxonga ruxsat berib viloyatiga qaytardi. Ramazon oyining 6 sida 
chahorshanba kuni Ho’qand elchisi Qorabosh dodxohg’a... Yusufbekni elchi yo’sunliq 
qo’shub Ho’qand viloyatiga irsol qildi–
7

Ogahiy o’z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirsa-da, kelgan elchilarning 
nima maqsadda kelganlari va yuborilganligi haqida gapirmaydi degan edik. Lekin 
asarning ba'zi yerlarida bu elchilarning nima masala yuzasidan suhbatlashganlari haqida 
aniq ma'lumotlar ham beriladi. Masalan: 1261/1845 yili Buxorodan kelgan 
Qo’chqorbek miroxirga Xivadan Rahmatulla Qorako’zni qo’shib Buxoroga elchi qilib 
yuborilgan edi. Xiva xoni Buxoro amiriga quyidagi nomani yuborgan: Amir 
Nasrullaning muddaosi agar musolaxa qilib borishmoq va kelishmoq bo’lsa, bizning 
xohishimiz uldur va agar g’arazi savosh va talosh bo’lsa muxoriba maydoniga 
chiqsunkim, biz ham ul amrga muhayyo va amodadurmiz. Bu ikki ishning qaysisini 
ixtiyor qilsa, ul ishga bel bog–lasunkim, ikkisi ham bizning maqsadimizdur. Bu so’z 
bila elchilarni Buxoro viloyatiga irsol qildi–
8

Shuningdek, bu masala yuzasidan Ogahiyning –Jomi– ulvoqioti sultoniy– 
asaridagi ma'lumotlardan ba'zilarini olib ko’raylik. –Muhammad Aminxon o’zining 
xorazmshohlig avrangig–a julusi izhori uchun atrof va javonibdagi viloyatlarga elchilar 
irsol qildi. Ul jumladin Eshmurod rais bila... Olloberdi so–fini 1262/1845–1846 yili 
rabi' ul avval oyining to–rtida yakshanba kuni Buxoro viloyatining podshohi... Amir 
Nasrulloga... irsol qildi–
9
. –Buxoro podshohi Amir Nasrulloning... qo’shib yuborgan 
ikki elchisi kelib ostonbo’slig sharafin topdi. Mazkur bo’lg’on oyning 23 ida, shanba 
kuni hamul elchilariga... Bikish xalifani saforat rasmi bila qo–shib, Buxoroga irsol 
qildilar. Jumodil avval oyining 13 ida, juma kuni... Abdulhalim... Ho’qand viloyatidan 
kelgan elchiga saforat tariqasi bila hamroh bo’lib, mazkur viloyatga bormish erdi
hamul viloyat hokimining qo’shib yuborgan elchisi kelib, yakjihatlik izhori uchun 
topshurg–on muhabbatnomasin... yetkurdi. 
Jumodiy as-soniyning avositida Mashhad hokimi Olloyorxonkim... Eron mulkining 
podshohi Muhammad shoh tarafidan nayobatan jami' Xuroson viloyatining hokimi 
6
Шу асар. Инв. № 5364/II. 403 а - варақ. 
7
Шу асар. Инв. № 5364/ІІ. 403 - варақ. 
8
Шу асар. Инв. № 5364/І. 405 а- варақ. 
9
Шу асар. Инв. № 5364/II. 414 б - варақ. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 439.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling