Yoritish yuklamalarini ta’minlash reja


Download 35.38 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1345064
  1   2   3
Bog'liq
5-Maruza


5 – MA’RUZA.
YORITISH YUKLAMALARINI TAMINLASH


Reja:
1. Elektr energetika tizimlari va tarmoqlari
2. Elektr energetika tizimining yuklama grafigi


Tayanch so’zlar va iboralar
elektr va issiqlik tarmoqlari, o‘zgartiruvchi va uzatuvchi elementlar, podstansiya, taqsimlovchi, ta’minlovchi va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlar, sutkalik yuklama grafigi, iste’molchilarning yuklama grafiklari


1. Elektr energetika tizimlari va tarmoqlari
Energetika tizimi – elektr va issiqlik tarmoqlari yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish holatiga ega bo‘lgan elektr va issiqlik stansiyalari, podstansiyalari va iste’molchilari majmuyidir.
Elektr tarmoqlari bizning ehtiyojlarimizni elektr bilan ta’minlaydi va hushyorlikni talab etadi.
Bu bizga yuqoridan o’tgan elektr tarmoqlarini har doim nazorat qilib turishimizni talab etadi, chunki u daraxtlardan holi bo’lishi kerak. Bu esa elektr ta’minotini uzluksiz bo’lishini va qisqa tutashuvlarda elektr tokidan zararlanishni hamda yong’in chiqishi kamayishini ta’minlaydi1.
Elektr tarmoqari elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyasini manbadan iste’molchilarga uzatish va ular orasida taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr uzatish liniyalari, podstansiyalari va taqsimlash punktlaridan tashkil topgan.
Elektr energetika tizimi bajaruvchi vazifasi bo‘yicha ikki xil – o‘zgartiruvchi va uzatuvchi elementlardan iborat. O‘zgartiruvchi elementlar yordamida energiya bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirilsa, uzatuvchi elementlar (havo va kabel liniyalari) yordamida esa masofalarga uzatiladi.
Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatish har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshiriladi.
Qaysi elektr tarmoq Sizniki hisblanadi? Siz faqat o’zingizning elektr tarmog’ingiz uchun javobgarsiz.
Qaysi liniya esa bizniki?
Shaxsiy elektr tarmoqlari elektr energiyasi borgan nuqtasidan boshlanadi. O’sha nuqtadan boshlab barcha similar va turli elektr uskunalar sizniki hisoblanadi va sizning javobgarligingizda bo’ladi2.

Ko‘p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jixatdan samaralidir. Kuchlanishni oshirish va kamaytirish uchun o‘zgartiruvchi kuch transformatorlari xizmat qiladi.
Podstansiya (PS) - elektr energiyasini o‘zgartirish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr ob’ekti bo‘lib, u transformatorlar, taqsimlovchi uskunalar, boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir.
PSlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Kuchaytiruvchi PSda elektr energiyasi past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o‘zgartirilsa, pasaytiruvchi PSda buning aksi – u liniya orqali uzatilgan yuqori kuchlanishdan PSga ulangan taqismlovchi tarmoqning past kuchlanishiga o‘zgartiriladi. Elektr energiyasini qabul qilish va uning kuchlanishini o‘zgartirmasdan taqsimlashga muljallangan podstansiyalar taqsimlovchi punktlar (TP) deb yuritiladi.
Elektr tarmoqlari bajaruvchi vazifasi, nominal kuchlanishi, sxemasi, iste’molchilarning xarakteri bo‘yicha turlarga ajratiladi.
Bajaruvchi vazifasi bo‘yicha elektr tarmoqlari taqsimlovchi (mahalliy), ta’minlovchi (tuman) va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
Taqsimlovchi elektr tarmoqlari elektr iste’molchilarini ta’minlovchi tarmoqlarning podstansiyalari bilan tutashtirib, asosan 110 kV gacha nominal kuchlanishda ishlaydi.
Ta’minlovchi (tuman) elektr tarmoqlari taqsimlovchi elektr tarmoqlarni (ayrim hollarda, bevosita iste’molchilarni) elektr stansiyalari yoki tizimni hosil qiluvchi tarmoqlar bilan tutashtirib, asosan 110 kV dan yuqori kuchlanishda ishlaydi.
Tizimni hosil qiluvchi elektr tarmoqlari alohida hududlardagi elektr energetika tizimlarini o‘zaro tutashtirib, birlashgan tizimni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi.

Jemena elektr tarmoqlari (JEN) yuqori kuchlanish tarmog’i3

Nominal kuchlanishi bo‘yicha elektr tarmoqlari 1 kV gacha kuchlanishda ishlovchi past, 1 kV – 220 kV kuchlanishda ishlovchi yuqori va 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlovchi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Hozirgi davrda respublikamiz xududida mavjud o‘zgaruvchan tok elektr tarmoqlari past kuchlanishdagi 220 V, 380 V; yuqori kuchlanishdagi 1 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV va o‘ta yuqori kuchlanishdagi 500 kV nominal kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda ayrim xususiy holatlarda elektr jihozlarining nominal kuchlanishlariga mos holda 3 kV, 20 kV, 27 kV nominal kuchlanishli tarmoqlardan ham foydalaniladi.


Sxemasi bo‘yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga bo‘linadi.
Konturga ega bo‘lmagan va barcha istemolchilari faqat bir tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi.
Konturga ega bo‘lgan yoki konturga ega bo‘lmasada ikki va undan ortiq tomondan ta’minlanuvchi tugunga ega bo‘lgan elektr tarmog‘i yopiq elektr tarmog‘i deyiladi.
Iste’molchilarining xarakteri bo‘yicha elektr tarmoqlari shahar, qishloq xo‘jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga bo‘linadi.
1- rasmda xarakterli elektr energetika tizimi elektr tarmog‘ining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi keltirilgan.
Elektr energiyasi elektr stansiyalari (ES)dan yuklama markazlariga (1- rasm) bevosita ta’minlovchi (tuman) elektr tarmoqlarini tashkil etuvchi elektr uzatish liniyalari 1 va ta’minlovchi, qabul qiluvchi transformator podstansiyalari va ularni bog‘lovchi elektr uzatish liniyalari 2 orqali uzatiladi. Elektr energiya bilan ta’minlashda ishonchlilikni oshirish maqsadida ko‘pgina hollarda taqsimlovchi elektr tarmoqlari yopiq shaklda bo‘ladi. Qabul qiluvchi podstansiyalar asosan kuchlanishni yuklama ostida rostlash (YuOR) qurilmasiga ega bo‘lgan transformatorlardan tashkil topgan bo‘lib, ular taqsimlovchi tarmoqning ta’minlash markazi (TM) sifatida xizmat qiladi. Ta’minlash markazidan elektr energiyasi taqsimlash punktlariga uzatilib, shu kuchlanishda elektr uskunalari orasida taqsimlanishi yoki transformator podstansiyalariga uzatilishi mumkin. Ko‘rilayotgan holatda uzatilayotgan elektr energiyasi transformatorlarda past kuchlanishga o‘zgartirilib, alohida iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

1- расм. Energetika tizimi elektr tarmog’iningprinspial sxemasi.

Elektr energiyani TM dan TP ga yoki uzunligi davomida uni taqismlamasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri podstansiyaga uzatuvchi elektr uzatish liniyalari 3 ta’minlovchi, uzunligi davomida bir necha transformator podstansiyalari yoki iste’molchi uskunalari ulangan elektr uzatish liniyalari 4 taqsimlovchi elektr uzatish liniyalari deb yuritiladi4.





Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling